Azizlar, Donald Trampni öldirmoqçi bölişdi, yana! 45 yil avval xuddi şu mehmonxona atrofida prezident Reyganni öldirmoqçi bölişgandi. Jinoyatçi bu işni qilişi oldidan qarindoşlariga yuborgan xabaridan ma’lum böladiki, uning nişoni, şubhasiz, Donald Tramp bölgan. Amerika prezidenti dunyoda eng qattiq qöriqlanadigan odam hisoblanadi, lekin baribir nimanidir hisobga olişmagan böladi-da, keçagiga öxşagan badkirdorlar jamiyatda qörquv uyğotiş uçun Amerika prezidentiga suiqasd qilişga urinadi.

Qörquv

Videoni körgan bölsangiz, jinoyatçi juda tez harakat qilgan. U qurolni qöliga uşlagan köyi qöriqçilar oldidan katta tezlikda ötib ketişga uringan, lekin qölga tuşgan. Kadrda qöriqçilar özaro gaplaşib ötirgandek taassurot uyğonadi. 31 yoşli Koul Tomas Allenda içkariga kiriş uçun yagona çora tezkor harakat qiliş edi, çunki u yolğiz harakat qilgan.

Katta ehtimol içkariga kira olmasligini bilgan Koul qölidagi miltiqdanmi, töpponçadanmi, bir neça marta öq uzişga ulgurgan. Içkarida qörquv uyğotiş uçun şuning özi yetarli edi. Maxfiy xizmat zobitlari jinoyatçining başarasini yerga tekkizgan köyi qöliga kişan urgan bir vaqtda mehmonxona içkarisida yaxşigina sarosima yuzaga kelgandi.

Aytgança, otişma Vaşingtondagi Hilton mehmonxonasida sodir etildi. U yerda Donald Tramp jurnalistlar bilan tantanali keçki ovqatda iştirok etayotgandi. Içkarida jurnalistlar, fotograflar juda köp edi, şu uçun kadrdan muammo yöq. Eng köp tarqalgan kadrda Maxfiy xizmat zobitlari vitse-prezident Jyey Di Vensni evakuatsiya qilayotgani körinadi. Ular xuddi yoş bolani tortganday Vensni tortib taşqariga olib çiqib ketişgan.

Donald Tramp esa öq ovozini eşitganidan keyin ham özini juda xotirjam tutdi, özining aytişiça, avvaliga bu şunçaki patnis tuşib ketganining ovozi deb öylagan ekan. Maxfiy xizmat zobitlari öz tanasi bilan prezidentni tösib turgaç, uni tezda xavfsiz yerga olib ketişadi.

Suiqasdga urinişdan keyin sodir bölgan bir narsaga qoyil qoliş kerak. Donald Tramp u bilan keçki ovqatda bölgan jurnalistlarni tezda Oq uyga çaqirib, matbuot anjumani ötkazdi. Bu borada Trampga doim qoyil qolganman, istalgan muhim voqea haqida birinçi bölib özi ma’lumot beradi. Miş-miş, uydirma köpaymasligining eng töğri yöli mana şu özi ­­­­­– sen haqingdagi voqea töğrisida birinçi bölib gapiriş. Agar Tramp bir-ikki kun körinmay ketganida uni qörqqan deb öylaşlari mumkin edi. Jinoyatçi aslida şuni, Tramp orqali uning tarafdorlarini qörqitişni istagan.

Darvoqe, jinoyatçi haqida allaqaçon bir dunyo feyk ma’lumotlar çiqdi: uni göyoki sobiq TSAHAL askari deyişdi, işdan Isroil izini izlaşdi, turli xil motivlar öylab topişdi. Menimça, bu işda heç qanaqa motiv yöq. Şunçaki bir amerikalik axmoq maşhur böliş uçun prezident qatnaşayotgan tadbirga qurol bilan bostirib kirdi. Mana, bugun butun dunyo u haqda gapirmoqda. Amerikada bunaqa ruhiy kasallar juda köp. Biri maşhur bölaman deb Kennedini öldiradi, biri snayper bilan Trampni otadi, boşqasi Reyganni öldirmoqçi böladi. Qotillik orqali maşhur bölişga intiliş Amerika jamiyatidagi kasallik.