Ukrainalik harbiylar 28 aprelga ötar keçasi Tuapse portidagi neft quyiş infratuzilmasiga dronlar orqali zarba yölladi. Krasnodar ölkasi tezkor ştabi hujum oqibatida jabrlanganlar yöqligini ma’lum qilgan. Portda dronlar qulaşi oqibatida kuçli yonğin boşlangan. Sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlarga köra, bu joydan kötarilgan tutun bir neça soat içida kamida 140 kilometr masofaga tarqalgan.
Region gubernatori Veniamin Kondratev telegramdagi kanalida rasmiylar «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» terminalga yaqin joylaşgan uylar aholisini evakuatsiya qiliş boşlangani haqida xabar bergan. Ular vaqtinça maktab binosiga joylaştiriladi. Mahalliy «Kuban Inform» naşri yozişiça, 28 aprel kuni şahardagi barça maktablarda maşğulotlar bekor qilingan, bolalar boğçalarida esa faqat navbatçi guruhlar işlagan.
Şu bilan birga, yonğin öçirilayotgani haqida ham, şahardagi ekologik holat haqida ham deyarli heç qanday rasmiy tezkor ma’lumot berilmadi. Kondratevning telegram-kanalida tongda dronlar hujumi fakti tasdiqlangan va aholi evakuatsiyasi haqidagi birgina post çiqqan.

Region tezkor ştabi bu xabarni repost qiliş bilan çeklangan va şundan keyin vaziyat haqida yangilangan ma’lumotlarni e’lon qilmagan. Tuapse şaharçasi rahbari Sergey Boyko Kondratevning xabarini repost qilişdan taşqari, port atrofidagi köçalarda yaşovçi kişilarni evakuatsiyaga çorlaşga qaratilgan postini e’lon qilgan. Rospotrebnadzorning mahalliy bölimi esa «yonğin va mavjud xavf-xatarlar» şaroitida nima qiliş kerakligi haqidagi tavsiyalar berilgan eslatmani joylaştirgan. Bu bazaviy maslahatlarning qisqaça töplamidir: oynani oçmaslik, imkon qadar köçaga çiqmaslik, xona havosini tez-tez namlantirib turiş.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham matbuot vakillari uçun brifingda Tuapseda nimalar bölayotgani haqida gapirişdan boş tortib, «Kiyev rejimi zarbalari oqibatida zararlangan joylar haqidagi har qanday ma’lumot – yopiq». «Oqibatlarini bartaraf etiş böyiça zarur darajada çoralar körilmoqda», – degan Kreml vakili umumiy qilib.
Şu bilan birga, guvohlarning sözlariga köra, şahardagi ekologik vaziyat oğir. «Kedr» naşri muxbiri Anastasiya Troyanova xabar berişiça, Tuapse daryosida suv rangidan keskin farqlanadigan va neft mahsulotlarini eslatuvçi qoramtir oqimlar közga taşlangan.
Tun qörqinçli böldi. Hozir şahar uzra ulkan qora tutun ustunlari turibdi. Kuyindi hidi anqigan. Şu bilan birga, odamlar respiratorlarsiz yoki oddiy tibbiy niqoblarda yurişibdi. Ular hidni sezişmayotganini aytişadi: bu juda xavfli, çunki şunday qilib zaharlanib qoliş mumkin. Şamol yordam bermoqda: u tutunni biroz bölsa-da tarqatadi. Ammo uç kundan buyon şu yerda bölgan odam sifatida aytişim mumkinki, menda allaqaçon yötal va kon’yunktivit bor.















