Qoidalarga köra, köp kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlandi:
- yonğin xavfini keltirib çiqaruvçi uskunalarni balkon va lodjiyaga örnatiş;
- balkonda oğir buyumlarni saqlaş;
- balkon va lodjiyaning fasad (taşqi) qismida kir, kiyim-keçak, gilam va boşqalarni osib qöyiş (içki qismi bundan mustasno);
- uy hayvonlarini umumiy foydalanişdagi joylarda, zinapoyada, çerdakda, yertölada, şuningdek umumiy foydalanişdagi oşxonada, balkonda va lodjiyada saqlaş;
- kiriş yölaklarining zinapoya maydonida va zinapoyaning ostida yonuvçi materiallarni saqlaş;
- umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir körsatuvçi qayta rejalaştiriş (rekonstruksiya) işlarini amalga oşiriş, qöşimça isitiş yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini örnatiş, şuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvçi issiqlik tizimlariga özgartiriş kiritiş.
Şuningdek, avtotransport vositalarini köp kvartirali uylar va unga tutaş yer uçastkalaridagi gazonlar usti, xiyobon, bolalar maydonçalari, trotuarga, kiriş yölaklari qarşisiga qöyiş taqiqlanadi.

















