Boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning uy hayvonlariga yuqiş-yuqmasligi masalasida ma'lumot berdi.

«Koronavirus kasalligining qözğatuvçilari qirqdan köproq bölsa ham, undan faqat 7tasigina odamlarda kasallik çaqira oladi. Ularning 4tasi butun dunyoda uçrab turadi va şamollaşning belgilari singari namoyon böladi. Ularning ikkitasi odamlar uçun juda xavfli deb baholangan. Bular: SARS-CoV-1 va SARS-CoV-2 (COVID-19).

Agarda uyingizda boqayotgan itingiz yoki muşugingizda odamlarda kuzatilayotgan koronavirus kasalligi klinikasiga öxşaş belgilar paydo bölsa, zinhor buni COVID-19 deb öylamang. Itlarda ham, muşuklarda ham gripp, paragripp, muşuklar ÖRS (muşuk astmasi) kuzatilişi mumkin.

Uy hayvonlarida ham ba'zan u yoki bu parazitar kasalliklar natijasida öpka yalliğlanişi (pnevmoniya), öpka va yurak yetişmovçiligi, dirofilyarioz kasalligining (gelmintozlar çaqiradigan parazitar kasallik) yurak şakli ham uçraydi. Lekin COVID-19 odamlardan hayvonlarga, uy hayvonlaridan odamlarga ötganini tasdiqlovçi heç qanday ma'lumot yöq», deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq virusning asl taşuvçisi körşapalaklar bölib, kemiruvçilar yoki boşqa ba'zi turdagi hayvonlar oraliq turdagi taşuvçi vazifasini bajargan bölişi mumkinligi, Uxandagi hayvon bozori virus hayvonlardan odamga yuqqan hududga aylangani haqida fikrlar örtaga taşlangandi.

Fevral oyida Xitoy hukumati COVID-19 xastaligini keltirib çiqaruvçi koronavirus epidemiyasining oldini oliş maqsadida, yovvoyi hayvonlar göştini sotiş va yeyişni taqiqlagan, aprelga kelib Xitoyda it va muşuklarni yeyiş taqiqlangandi.

Xitoylik olimlar ötkazgan tadqiqotlarga köra, muşuklarga koronavirus yuqişi mumkinligi aniqlangan. Ammo virusning muşukdan odamga yuqişi haqida tasdiqlangan ma'lumotlar yöq.