Ukraina «harbiy salohiyatini çeklaş» maqsadida Rossiya hududiga zarba beriş masofasini oşirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi general-mayor Yevgeniy Xmaraning ma’ruzasidan söng ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Ukraina «töğri çiziq böylab 1500 kilometrdan ortiq masofada» Rossiya obektlariga zarba bermoqda.
Prezidentning aytişiça, har bir bunday hujum «Rossiya harbiy sanoati, logistika va neft eksporti imkoniyatlarini pasaytiradi».
«Diplomatiyaga ötiş vaqti keldi va bu signalni Moskva eşitişi kerak», deb xulosa qildi Ukraina rahbari.













