Energiyani tejaş maqsadida gaz va svet iste’moliga çeklov kiritiş taqiqlandi. Matbuot erkinligi indeksida Özbekistondagi vaziyat “juda jiddiy” ekani ma’lum böldi. Maşina olib beriş va’dasida yuzlab odamni çuv tuşirgan “Umid avto”çilarga hukm öqildi. Avtomobilni jarima maydonidan onlayn tartibda olib çiqiş imkoniyati joriy etildi.
Energiyani tejaş maqsadida gaz va svet iste’moliga çeklov kiritiş taqiqlandi
Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molçilarni tarmoqdan ajratiş va çeklov kiritiş hisobidan tejaşga yöl qöyilmaydi. Bu prezident farmonida belgilandi.
Farmon bilan, energiya samaradorligi va tejamkorligini oşiriş böyiça yangi çoralar tasdiqlandi. Xususan, “Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi” umummilliy harakati yölga qöyilmoqda.
2026 yil 1 iyuldan vazirlik va idoralar, davlat taşkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat iştirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inşootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega böliş talabi kiritiladi.
Matbuot erkinligi indeksi: Özbekistondagi vaziyat “juda jiddiy”ligiça qolmoqda
Parijda joylaşgan “Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat taşkiloti 2026 yil uçun Matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi.
Unda Özbekiston 180 ta mamlakat orasida 147-örinda qayd etilgan va matbuot erkinligi böyiça vaziyat “juda jiddiy” davlatlar qatorida qolmoqda. Reytingdagi örin qançalik past bölsa, vaziyat şunçalik yomon ekanini anglatadi.
Özbekistonning indeksdagi örni ötgan yilgidan 1 poğonaga kötarilgan, ammo reyting ballarida pasayiş bor.
Xalqaro kuzatuvçilar 2025 yilda Özbekistondagi matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyatni 100 balldan 35,24 ballga baholagan bölsa, joriy yilda 34,95 ball berilgan.
Maşina olib beriş va’dasida yuzlab odamni çuv tuşirgan “Umid avto”çilarga hukm öqildi
Oson şartlarda maşina olib berişni va’da qilib, odamlarni çuv tuşirgan “Umid avto”çilar jinoiy jazoga tortildi. 14 nafar şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi JIB Yunusobod tuman sudida körib çiqilib, hukm öqildi. Ular Toşkent şahri va respublikaning turli nuqtalarida “Umid avto companies”, “Umid Savdo Fayz Invest”, “Umid Avto Lizing”, “Umid Auto” kabi 20 dan ortiq MÇJ taşkil etib, fuqarolarning mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullanib kelgani aytilgandi.
Sudlanuvçilarga 987 ta epizod böyiça ayb e’lon qilinib, jami 88,5 mlrd söm zarar hisoblangan. Sudda ular 130 ta epizod böyiça aybsiz deb topilib, oqlandi. Ayrim jabrlanuvçilar esa da’vosi yöqligini ma’lum qilgan.
Şu tariqa sudlanuvçilardan 834 ta epizod böyiça jabrlanuvçilarga 60 mlrd sömdan köproq zarar undiriş belgilandi. Bunda har bir sudlanuvçi özi aybli deb topilgan epizodlar böyiça zararni qoplaşi nazarda tutilgan.
Avtomobilni onlayn tartibda jarima maydonidan olib çiqiş imkoniyati joriy etildi
Hukumat qarori bilan avtomototransport vositalarini jarima maydonçasidan olib çiqiş yuzasidan Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilişning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Davlat xizmati YaIDXP (my.gov.uz), Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazi orqali körsatiladi.
Murojaat qiluvçi YaIDXP (my.gov.uz) yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, sörovnomani elektron tarzda töldiradi. Sörovnomaga kiritilgan murojaat qiluvçi ma’lumotlarining haqqoniyligi avtomatlaştirilgan tizim orqali tekşiriladi.
Murojaatni körib çiqiş natijasiga köra, YaIDXP yoki mobil ilova orqali 1 iş kuni içida avtomototransportni jarima maydonçasidan olib çiqiş mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.











