U Fors körfazi milliy kuniga bağişlangan bölib, Eron televideniyesi diktori tomonidan öqib eşittirildi va Xominaiyning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Bayonotda Eron yadro va raketa imkoniyatlarini «milliy boylik» sifatida himoya qiliş niyati ta’kidlangan. Eron rahbari sözlariga köra, ular mamlakat içida ham, taşqarisida ham yaşovçi «90 million mağrur va olijanob eronliklar» himoyasida.

Mujtaba Fors körfazi atrofidagi voqealarga alohida töxtalib, uning kelajagi «amerikasiz» ekanini aytdi.

«Manfaatparastlik va yovuzlik bilan harakat qiliş uçun minglab kilometr masofadan kelgan xorijliklarga Fors körfazining tubidan boşqa joy yöq», dedi u.

Mujtaba murojaatda Hörmuz böğozida «duşman tomonidan suiiste’mol qilinişining oldini olişga» va’da berib, Eron böğoz orqali kemalar ötişi uçun tölov undiriş qaroridan voz keçmoqçi emasligini bildirdi.

«Böğozning yangi boşqaruv tizimi mintaqadagi barça mamlakatlarga farovonlik va taraqqiyot olib keladi, iqtisodiy foyda esa odamlar qalbini quvonçga töldiradi», deyiladi bayonotda.

Fors körfazi milliy kuni - 1622 yilda Şoh Abbos I va Britaniya Şarqiy Hindiston kompaniyasining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan portugaliyaliklarning Hörmuz orolidan quvilişi şarafiga örnatilgan rasmiy bayram hisoblanadi.