Ukraina qurolli kuçlari Rossiya hududidagi neft infratuzilmalariga hujum uyuştirişda davom etmoqda. Tuapse va Perm böylab ketma-ket zarbalar beriliş ortidan Ukraina dronlari yana Primorskka uçib keldi – bu Rossiyaning Boltiqböyi dengizidagi eng yirik neft quyiş portlaridan biri sanaladi.
3 mayga ötar keçasi Leningrad oblasti dronlarning yopirilma hujumi ostida qoldi, havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 60 dan ortiq dronini urib tuşirdi, deb xabar bergan region rahbari Aleksandr Drozdenko.
«Hujumning asosiy nişoni Primorsk dengiz savdo porti böldi. Hujumlarni qaytariş vaqtida Primorskda yonğin çiqdi, hozirda yonğin oqibatlari bartaraf etilgan. Neft mahsulotlarining tökilişi qayd etilmagan», – deya yozgan gubernator öz telegram-kanalida.

Exilenova+
Yonğinlarni qayd etuvçi FIRMS monitoring xizmatiga köra, Primorsk portida yonğin davom etmoqda.
«Astra» naşri portda neft quyuvçi priçal hamda havo hujumidan mudofaa kompleksi (katta ehtimol bilan, «Pansir») zarbaga uçraganini yozgan.
Guvohlar «Rotonda» va «Fontanka» naşrlariga Primorskka tungi hujum oqibatlari Peterburgda ham sezilganini aytişgan. Mahalliy aholi vakillari kuçli portlaş ovozlarini eşitişgan (katta ehtimol bilan, havo hujumidan mudofaa tizimlari işlaşi oqibatida çiqqan ovozlar), şuningdek, mobil internet öçirilganidan şikoyat qilişgan. Hujum tufayli tunda Pulkovo aeroporti faoliyati töxtatilgan, bu esa önlab reyslar bekor qilinişi yoki keçiktirilişiga olib kelgan.
RF mudofaa vazirligi hisobotiga köra, tunda havo hujumidan mudofaa kuçlari Rossiyaning 15 ta regioni hamda anneksiya qilingan Qrim osmonida Ukrainaning 334 ta dronini urib tuşirgan. Moskva oblastida dronlar hujumi oqibatida 77 yoşli kişi halok bölgan. Smolensk oblastida dron parçalari qulaşi oqibatida uç kişi jarohat olgan.
Ukraina mart oyi oxiridan Rossiyaning Boltiqböyi dengizidagi asosiy portlari – Ust-Luga va Primorskka hujum qilişga kirişgandi. Bu portlar Rossiya ğarbidagi neft eksporti uçun muhim dengiz tugunlari hisoblanadi. Primorsk kuniga bir million barreldan ortiq yuk ortiş quvvatiga ega va Rossiyaning Urals neftini sotişning muhim nuqtasi hisoblanadi. 2025 yilda Primorsk orqali qariyb 64 million tonna yuk ötkazilgan. Hujumlar fonida Ust-Luga va Primorsk öz faoliyatini vaqtinça töxtatdi. Gubernator Aleksandr Drozdenko Leningrad oblasti frontga yaqin hududga aylanganini ma’lum qilgan.


















