Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan ikki özbekistonlik jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanişdi.

“Blatnoy”ning tirik qolişi

Namanganlik Abduvaliga (maqoladagi ismlar özgartirilgan) uruşda “Blatnoy” laqabi berilgandi. Luhansk maydonlarida jangga kirgan bu yigit frontga öz-özidan borib qolmagan.

Abduvali 2023 yil oktyabrida işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga ketgan. Bu paytda u 21 yoşda bölgan. 2024 yil yanvarida Abduvali narkojinoyatda ayblanib, qamoqqa olingan. Biroq sud qilinmasdan 2025 yil sentabrga qadar uşlab turilgan. Söngra unga uruşga boriş evaziga afv taklif qilişgan.

Abduvali qamoq ehtiyot çorasidan ozod böliş va qiynoqlardan qutuliş maqsadida taklifga könişga majbur bölgan.   

“2024 yil 26 yanvarda Moskva şahrining markaziy köçalaridan birida taksida işdan yotoqxonaga qaytayotgandim. Militsiya xodimlari maşinani töxtatdi. Söngra meni uşlab, militsiya bölimiga olib borişdi. U yerda kiyimlarimni yeçib, yonimni közdan keçirişdi. Ammo heç qanday taqiqlangan narsa topişolmadi. U yerdan çiqayotganimda egnimdagi kurtkamni ham ham tekşirişdi. Şunda uning çöntagidan römolçaga ilaşib, skotçga öralgan bir bölak saqiçsimon modda çiqdi.

Ularga bu modda menga tegişli emasligini, narkotik iste’mol qilmasligimni aytdim”, degan Abduvali suddagi körsatmasida.

Şundan söng hujjatlar rasmiylaştirilib, sud ajrimi bilan Abduvaliga qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. U Moskva şahridagi “Tombov SIZO-1” turmasiga etap qilingan. Turmada har 2 oyda sud orqali qamoq ehtiyot çorasini çözdirib, 2025 yil 5 sentabrga qadar sud qilmasdan uşlab turişgan. Bu vaqtda unga har kuni uruşga borişni taklif qilişib, köndiriş uçun qiynoqqa solişgan, tahqirlaşgan. Abduvali qiynoqlardan qutuliş uçun oxiri bu taklifga köngan. 

“2025 yil 5 sentabr kuni men va yana 25 nafar mahbusni Luhanskdagi rotaga olib borişdi. Barçamizning kiyimlarimiz va şaxsiy buyumlarimizni yiğiştirib olişdi. Avtomatdan öq otişni maşq qildirişdi. Harbiy-jangovar tayyorgarlik 2 hafta davom etdi.

2025 yil 3 oktyabrda 15 nafar yollanma askarlardan iborat guruh tarkibida Xarkov şahri hududidagi jang maydoniga bordim. U yerda dron zarbasidan jarohat olib, ortga qaytdim. Harbiy gospitalda şifokorlar tekşirib, kerakli muolajalarni qilişdi. 2 hafta davolangaç polkka qaytib bordim. Şeriklarimning bari vafot etgan ekan.