Hukumat qarori bilan “Çet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etiş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, çet el fuqarosi maxsus soliq rejimini taqdim etiş böyiça YaIDXP (my.gov.uz), Elektron soliq xizmatlari portali orqali yoxud Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza taqdim etadi.
Arizaga çet el pasportining nusxasi va Özbekistonda böliş muddatini tasdiqlovçi hujjat (viza yoki boşqa hujjatlar) ilova qilinadi.
Soliq qömitasi Maxsus soliq rejimini taqdim etiş komissiyasining arizani körib çiqiş natijasi böyiça xulosasi yuzasidan 1 iş kunida çet el fuqarosiga xabarnoma yuboradi.
Ijobiy xulosa böyiça xabarnoma olgan çet el fuqarosi bank hisobvaraği yoki kripto-hamyon oçadi hamda 50 ming AQŞ dollari miqdorida maxsus yiğimni tölaydi.
Maxsus soliq rejimi belgilangan talablarni bajargan çet el fuqarolari va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoşlariga arizada körsatilgan soliq davri uçun, biroq 5 yildan köp bölmagan muddatga beriladi.

















