Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kiriş hamda çegarada viza beriş (Visa on Arrival) tizimiga özgartiriş kiritiş taklifini ma’qulladi.

«Vazirlar mahkamasi 90dan ortiq mamlakat uçun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qiliş va avvalgi tartibga qaytiş töğrisida qaror qabul qildi», dedi mamlakat turizm va sport vaziri Surasak Pxançarenvorakul.

Hujjatga muvofiq, 93 davlat, şu jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun Tailandga kiriş uçun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi.

Mazkur tartib 2024 yil 15 iyulda pandemiyadan söng turizmni tiklaş maqsadida kiritilgandi.

Uning örniga aksariyat mamlakatlar uçun 30 kunlik, ayrim mamlakatlar uçun esa 15 kunlik vizasiz tartib joriy etiladi.

Uşbu qaror mahalliy “Royal Gazette”da e’lon qilingaç, oradan 15 kun ötib amal qila boşlaydi.