18 iyundan «Farğona» çegara bojxona posti hamda Şohimardon qişloğiga ötişdagi «Oq qiya» bojxona punkti va «Söx» çegara bojxona postining «Çaşma» bojxona punkti 24 soatlik iş rejimiga ötmoqda, deya xabar berdi Bojxona qömitasi.

Farğona viloyati hokimligi xabariga köra, ular qatoriga «Vodil-Qadamjoy» nazorat-ötkaziş maskani ham qöşiladi.

«Uşbu çora-tadbirlar Farğona tumanidagi Şohimardon qişloği hamda Söx tumaniga borişda fuqarolar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, fuqarolarning harakatlanişini yanada erkin va qulay qiliş, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini oliş maqsadida joriy etilmoqda», — deyiladi hokimlik xabarda.

Ma’lumot uçun, Söx va Şohimardon Özbekiston uçun anklav hududlari bölib, ular Qirğiziston içkarisida joylaşgan.

2024 yil Şohimardonga kirişdagi «Farğona» va «Oq-qiya» çegara bojxona postlari 24 soatlik iş rejimiga ötkazilgandi. Bu Özbekiston va Qirğiziston prezidentlarining Toşkent şahridagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşgan.