«Oyoqni gaz pedalidan olib, tormozni bosiş imkoniyati bölişi kerak», dedi Klark BBC Newsnight dasturiga bergan intervyusida.
«Hozir vaziyat sun’iy intellekt sanoatida gaz pedali bor, lekin tormoz pedali yöqdek körinadi», deb hisoblamoqda u.
Uning sözlariga köra, odamlar davlat tomonidan tartibga soliş va siyosiy mexanizmlar orqali sun’iy intellekt tizimlari ustidan nazoratni saqlab qolişi kerak, çunki bu texnologiyalar tobora kuçliroq bölib, jamiyatga yanada kuçliroq ta’sir körsatyapti.
«Dunyo bu haqda jiddiy öylab körişi kerak. Oxir-oqibat, biz uşbu tizimlarning xavfsizligi va işonçliligiga işonç hosil qiliş uçun yangi tartibga soliş qoidalarini işlab çiqişimiz kerak böladi», dedi Klark.
Yaqinda Claude modellar oilasini işlab çiquvçi Anthropic butun dunyo böylab ilğor sun’iy intellekt tizimlarini işlab çiqişning sekinlaşişini «foydali qadam» deb atagan hisobotini e’lon qildi.
Biroq, hisobotda ta’kidlanişiça, agar faqat bitta kompaniya tadqiqotlarni töxtatsa, uning raqobatçilari şunçaki oldinga ötib ketişi mumkin.
Anthropic rahbariyatining sözlariga köra, haqiqiy tanaffus faqat turli mamlakatlardagi bir neçta yetakçi sun’iy intellekt işlab çiquvçilari - birinçi navbatda AQŞ va Xitoyda - bir vaqtning özida mustaqil ravişda tekşirilişi mumkin bölgan tizim doirasida öz modellarining imkoniyatlarini yanada oşirişni töxtatişga rozi bölsagina mumkin böladi. Biroq, sohaning eng yirik öyinçilari, jumladan Anthropic, OpenAI va Google öz tadqiqotlarini töxtatişga tayyor ekanligini hali bildirmagan.
«Tormoz pedali» qanday bölişi kerak?
Jyek Klarkning sözlariga köra, Anthropic tomonidan işlab çiqilgan maşhur Claude çat-boti allaqaçon tizimning taxminan 80 foizini özi yozgan dasturiy kodda işlaydi. Uning sözlariga köra, yaqin ikki yil içida bu körsatkiç 100 foizga yetişi, boşqaça aytganda «özining yangi versiyasini özi yaratişi» mumkin, bu esa «katta oqibatlarga» olib keladi.
Klark sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar va işlanmalar uçun «tormoz pedali»ni qanday yaratiş mumkinligini aniqlaştirmadi.
Şu bilan birga, şu hafta Anthropic AQŞ prezidenti Donald Trampning sohani tartibga solişda nisbatan yumşoq yondaşuvni nazarda tutuvçi SI töğrisidagi farmonini olqişladi. Uşbu farmon sun’iy intellektni işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi kompaniyalarni davlat xavfsizlik tekşiruvlaridan ötişga majbur qilmaydi. Bunday testlar hamon ixtiyoriy bölib qolmoqda.

















