XXI asr uruşlarida jang maydoni faqat quruqlik, havo va dengiz sathlaridan iborat emas: uruşlar endi kibermakonga ham köçdi. Isroil va Eron örtasidagi raqamli tiraşuv – buning yorqin namunasi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi maxsus sonida şu haqda hikoya qilinadi.
Körsatuvda Stuxnet virusi orqali Eronning Natanzdagi uranni boyitiş infratuzilmasiga zarar yetkazilgani, bundan xulosa çiqargan Eron ham katta kiber derjavaga aylaniş yöliga ötgani haqida söz boradi.
Suhbatdoşlarimiz – kiberxavfsizlik sohasi mutaxassisi Saud Abdulvohid va Isroil tarixi böyiça tadqiqotçi Töyçiboy Taylaqulov.
Saud Abdulvohid:
— Stuxnet tarmoqqa ulanmagan tizimga qarşi qöllangan va tarixda fizik infratuzilmaga real zarar yetkaza olgan ilk kompyuter virusi sifatida e’tirof etiladi. Virus Natanzdagi uran boyitiş sentrifugalarining işlaş rejimini yaşirin ravişda özgartirib, ularni me’yoridan ortiq tezlaştiriş va keskin sekinlaştiriş orqali mexanik şikastlanişga olib kelgan. Natijada rotorlar va boşqa muhim qismlar izdan çiqa boşlagan.
Biroq Stuxnet'ning ahamiyati faqat fizik zarar yetkazganida emas. Mutaxassislar uni kiberoperatsiyalar tarixidagi eng murakkab va puxta rejalaştirilgan hujumlardan biri deb hisoblaydi. Çunki bunday virusni yaratiş uçun hujumçilarga sentrifugalarning texnik xususiyatlari, boşqaruv tizimlari, aylaniş tezligi va işlaş algoritmlari haqida juda çuqur bilim kerak edi.
Şu sababli operatsiya ortida turgan mutaxassislar avval Eron foydalanayotgan sentrifugalar va sanoat boşqaruv tizimlarining öxşaş namunalarini örganib, hujumni real şaroitga yaqin muhitda sinovdan ötkazgan, degan qaraşlar mavjud. Bu ularga virusning qaysi buyruqlarni berişi, qaysi parametrlarni özgartirişi va qanday natija yuzaga kelişini oldindan hisoblaş imkonini bergan.
Stuxnet hujumining eng qiziqarli jihatlaridan biri – kuzatuv tizimlarini aldaş mexanizmi edi. Ya’ni operatorlar ekranda sentrifugalar normal işlayotgandek körinayotgan ma’lumotlarni kuzatgan, amalda esa qurilmalar zarar körayotgan edi. Mutaxassislar real vaqt ma’lumotlari örniga avval yozib olingan normal körsatkiçlarni körişgan. Şu sababli muammo uzoq vaqt davomida aniqlanmagan.
Hujumning ikkinçi bosqiçida esa sentrifugalarning aylaniş tezligi keskin özgartirilgan. Ayrim ma’lumotlarga köra, virus çastotani taxminan 1000 Hz dan 1400 Hz gaça oşirib, keyin juda past darajaga tuşirgan. Bunday özgarişlar yuqori tezlikda işlaydigan mexanik tizimlarda kuçli vibratsiya va deformatsiyalarga sabab bölib, uskunalarning işdan çiqişiga olib keladi.
Eng keng tarqalgan taxminlarga köra, Stuxnet Natanz majmuasiga USB-xotira yoki boşqa köçma qurilma orqali olib kirilgan. Bunday holatda virus bir kompyuterdan boşqasiga ötib, asta-sekin maqsadli boşqaruv tizimigaça yetib borgan bölişi mumkin.
Ayrim manbalarda bu jarayonda xorijiy mutaxassislar yoki özi bilmagan holda vositaçiga aylangan şaxslar iştirok etgani haqida ham taxminlar uçraydi, biroq bu masalada yakdil xulosa mavjud emas. Natija şu böldiki, mingga yaqin sentrifuga işdan çiqdi va Eronning uran boyitiş dasturi bir neça yilga ortga surildi.
Bu operatsiyaning muvaffaqiyati ortida ulkan tayyorgarlik işlari yotardi. Virus mualliflari sentrifugalar konstruksiyasi, rotorlar joylaşuvi, elektr ta’minoti va boşqaruv tizimlarining işlaş tamoyillarini çuqur örganişga majbur bölgan. Kiberxavfsizlik sohasida bunday yondaşuv teskari injiniring deb ataladi. Ya’ni tayyor texnologiya örganiladi va içki işlaş mexanizmi bosqiçma-bosqiç tahlil qilinadi.
Köplab ekspertlarning fikriça, hakerlar Eron foydalanayotgan uskunalarning öxşaş namunalarini qölga kiritib, ularda turli ssenariylarni sinab körgan. Şu tariqa, virus haqiqiy obektga yetib borganda qanday natija berişi oldindan tekşirilgan. Şundan keyin eng muhim vazifa virusni maqsadli tizim içiga kiritiş bölib qolgan.
Stuxnet bilan boğliq yana bir qiziqarli jihat – uning sinovlari qayerda ötkazilgani haqidagi bahslardir. Ayrim manbalarda sinovlar AQŞda ötkazilgani aytilsa, boşqalar Isroildagi Dimona tadqiqotlar markazida aynan Eron foydalanayotgan uskunalarga öxşaş tizimlar qurilganini ta’kidlaydi. Har ikki holatda ham operatsiya ulkan moliyaviy, texnik va logistika resurslarini talab qilgani şubhasiz.
Köpçilik tadqiqotçilar operatsiya “Operation Olympic games” nomli loyiha doirasida amalga oşirilganini qayd etadi. Bu loyiha Jorj Buş ma’muriyati davrida boşlangan va keyinçalik Barak Obama davrida davom ettirilgan. Operatsiyaning asosiy maqsadi – Eronning yadroviy dasturini sekinlaştiriş va yadro quroli yaratiş ehtimolini imkon qadar keçiktiriş edi.
Bundan taşqari, Eron infratuzilmasiga qarşi kiberhujumlar faqat yadroviy obektlar bilan çeklanmagan. Turli davrlarda temiryöl tizimlari, davlat idoralari va boşqa muhim infratuzilmalarga qarşi ham kiberoperatsiyalar amalga oşirilgan. Ayrim hujumlarda tizimlar işdan çiqarilgan bölsa, boşqalarida axborot uruşi elementi ustun bölgan.
Masalan, 2021 yil iyul oyida Eron temiryöl tizimiga qilingan kiberhujum paytida vokzallardagi elektron tablolar buzib kirilib, Eron Oliy rahbari Ali Xominaiy adminstratsiyasiga boğliq aloqa raqami körsatilgan. Bu esa zamonaviy kiberuruşning maqsadi faqat texnik zarar yetkaziş emas, balki psixologik ta’sir ötkaziş ham ekanini körsatadi.
Töyçiboy Tayloqov:
— Köplab siyosatşunos va tarixçilar 2010 yilda yuz bergan uşbu kiberhujumni 1945 yil bilan qiyoslaydi. Çunki 1945 yil avgustida AQŞ tomonidan Xirosimaga atom bombasi taşlangaç, uruşlar tarixida mutlaqo yangi davr boşlandi. Endi davlatlar jang maydonida misli körilmagan vayronkor qurol – yadroviy quroldan foydalaniş imkoniyatiga ega edi. Oradan köp ötmay, Sovet Ittifoqi ham yadro qurolini yaratdi va dunyo yadro poygasi davriga kirdi. 2010 yilda sodir bölgan Stuxnet hodisasi ham uruşlar evolyutsiyasidagi şunday buriliş nuqtalaridan biri sifatida baholanadi.
Ungaça harbiy qarama-qarşiliklar tört jabhada – quruqlikda, dengizda, havoda va kosmosda olib borilar edi. Stuxnet esa uruşning yangi maydonini namoyon qildi: kibermakonni.
Şu tariqa, tarixda ilk bor kompyuter kodi fizik infratuzilmaga zarar yetkazib, strategik obekt faoliyatini izdan çiqardi. Bu esa kibermakonni zamonaviy uruşlarning beşinçi teatri sifatida şakllantirib, davlatlar örtasidagi raqobat va qarama-qarşilikning yangi bosqiçini boşlab berdi.
***
Körsatuvni töliq video orqali körişingiz mumkin. Unda Unit 8200 fenomeni, Eronning AQŞ va Saudiya Arabistoniga qarşi kiber operatsiyalari hamda razvedka va kiberuruşlarda sun’iy intellektning tobora ortib borayotgan roli haqida ham söz boradi.











