Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun – eskirgan uylar va noturar joylar örnida yangilarini barpo etişni közda tutuvçi loyihalarni amalga oşiriş qoidalarini belgilaydi.
Hujjatdagi ta’rifga köra, şaharsozlik renovatsiyasi – hududni me’moriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxşilaş, hududdagi bino-inşootlarni yaşaş uçun qulay va energiya samarador holatga keltiriş demakdir.
Qonun 6 oydan keyin – 2026 yil 12 dekabrdan kuçga kiradi.
Renovatsiya uçun asoslar
Hujjatga köra, şaharsozlik renovatsiyasini amalga oşiriş uçun quyidagilar asos böladi:
- hududda joylaşgan turar va noturar joylarning eskirgani, yaşaş va foydalaniş uçun yaroqsiz bölib, avariya holatiga kelib qolgani;
- hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiladigan holatlarning mavjudligi.
Renovatsiya doirasida mavjud obektlar asosiy konstruksiyasini özgartirmasdan rekonstruksiya qilinişi va/yoki mavjud obektlar buzilib, örnida xuddi şu toifadagi yangi obektlar qurilişi mumkin. Şuningdek, renovatsiya asosida yaşil hududlar va boşqa hududiy zonalar taşkil etişga ham yöl qöyiladi.
Huquq egalaridan rozilik oliş
Qonunda renovatsiya zonasidagi köçmas mulk obektlarining egalari va yer uçastkalariga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş, doimiy foydaliniş, ijara (ikkilamçi ijara huquqi bundan mustasno), mulk huquqi yoki boşqa huquq turi asosida egalik qilayotgan jismoniy yoki yuridik şaxslar “huquq egalari” atamasi ostida birlaştirilgan.
Renovatsiya loyihasi hududiy hokimlik tomonidan körib çiqişga qabul qilinişi uçun huquq egalarining kamida beşdan tört qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligi talab etiladi.
Agar renovatsiya hududidagi köp kvartirali uy vakolatli organ tomonidan avariya holatiga kelib qolgan

















