15–21 iyun kunlari kutilayotgan issiq havo, kuçli jala va şamolli kunlar qişloq xöjaligi uçun bir vaqtning özida imkoniyat va xavflarni keltirib çiqaradi. Ayniqsa paxta, sabzavot, boğdorçilik va çorvaçilik sohalari uçun hududlarga qarab turliça ta’sirlar yuzaga keladi.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.

Hafta boşida janub va çöl hududlarida +40...+42 darajagaça yetadigan issiq harorat ğöza va boşoqli ekinlarda namlik tanqisligini kuçaytirişi mumkin. Bu paytda suğorişni ertalabga yoki keçki paytlarga rejalaştiriş maqsadga muvofiqdir.

Hafta örtasidan respublikaning bir qator hududlarida kutilgan momaqaldiroqli jala yoğinlar tuproq namligini töldirişi va paxta hamda sabzavot ekinlari rivojlanişi uçun ijobiy omil bölişi mumkin. Biroq ayrim toğ va toğoldi tumanlarda kuçli jala yoğinlar sel hodisasini keltirib çiqarişi mumkin, bu esa tuproq yuvilişi va boğdorçilik xöjaliklariga zarar yetkaziş xavfini ham oşiradi.

Kuçli şamol va çang tözonlari kuzatilişi mumkin bölgan hududlarda yoş köçatlarni, poliz ekinlarini hamda issiqxonalarni ehtiyot qiliş lozim böladi.  

Umuman olganda, joriy hafta qişloq xöjaligi uçun yoz mavsumiga xos murakkab, ammo namlik zaxiralarini töldiriş nuqtai nazaridan ayrim hududlarda foydali hafta bölişi kutilmoqda. Ayniqsa yoğinlar yaxşi taqsimlangan joylarda suğoriş suviga bölgan talab vaqtinça kamayişi mumkin.