Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Air Producs kompaniyasi boş ijroçi direktori Eduardo Menezesni qabul qildi.

Mamlakatimizda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini barpo etişga faol investitsiya kiritayotgan AQŞning mazkur kompaniyasi bilan özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Air Producs sanoat gazlarini işlab çiqariş va yetkazib beriş böyiça jahonning yetakçi kompaniyalaridan biri bölib, uning bozor kapitallaşuvi 60 milliard dollardan oşgan. Kompaniya har yili 50 dan ortiq mamlakatda 200 million tonna sanoat gazlarini işlab çiqarib, 750 ga yaqin işlab çiqariş obektlarini öz içiga olgan tarmoqni boşqaradi.

Ayni paytda kompaniyaning yurtimizga yönaltirgan  investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oşgan. GTL Uzbekistan zavodida sanoat gazlarini qayta işlaş, Farğona neftni qayta işlaş zavodida vodorod işlab çiqariş hamda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida suyuq uglerod dioksidi işlab çiqariş böyiça loyihalar hamda Toşkent va Qarşi şaharlarida ta’lim dasturlari amalga oşirilgan.

Uçraşuv yakunida kompaniya iştirokidagi yangi loyihalarni amalga oşirişni “yöl xaritasi” asosida jadallaştiriş yuzasidan kelişib olindi.