Toşkentda ötgan yirik xalqaro investitsiya forumi doirasida 18 iyun kuni Amerika Qöşma Ştatlarining yetakçi ilmiy-tadqiqot oliygohlaridan biri — Yuta universiteti (University of Utah) bilan özaro hamkorlik töğrisida uç tomonlama anglaşuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjat tomonlarning hamkorlikka bölgan qiziqişi va istiqboldagi birgalikdagi sa’y-harakatlari yönalişlarini belgilab beruvçi özaro anglaşuv memorandumi bölib, u dastavval niyatlarni ifoda etadi va keyingi aniq loyihalar uçun umumiy asos vazifasini ötaşi ma’lum qilingan.

Memorandumni Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Şaripov, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Boşqaruv raisi Abdulla Xursanov hamda AQŞning Yuta universiteti nomidan xalqaro işlar böyiça katta mutaxassis Rendi Makkrillis imzolagan.

Imzolaş marosimida Yuta universitetining nufuzli professor-öqituvçilaridan iborat delegatsiya iştirok etdi. Jumladan, delegatsiya tarkibida universitetning Materialşunoslik va muhandislik kafedrasi hamda Konçilik muhandisligi kafedrasi mudirlari, şuningdek xalqaro ilmiy hamkorlik masalalari böyiça mas’ul rahbarlar iştirok etdi.

Uçraşuv davomida tomonlar yaqin kelajakda bir qator istiqbolli yönalişlarda birgalikda ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, tajriba va bilim almaşiş hamda kadrlar salohiyatini oşirişda özaro hamkorlikni rivojlantiriş borasida kelişib olişdi.

Mineralogiya, konçilik, metallurgiya, materialşunoslik, energetika va ekologiya, avtomatlaştiriş, sun’iy intellekt, ruda va texnogen çiqindilarni qayta işlaş, muhandislik sohalari hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilab olindi.

Mazkur yönalişlar mamlakatimizning sanoat, toğ-kon va metallurgiya tarmoqlari uçun ayni dolzarb hisoblanadi. Birgalikdagi tadqiqotlar zamonaviy ilmiy yondaşuvlar va amaliy yeçimlarni işlab çiqiş, şuningdek soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşinuvini kuçaytiriş imkonini beradi.

«Olmaliq KMK» AJ uçun uşbu hamkorlik strategik ahamiyatga ega. Yirik toğ-kon va metallurgiya korxonasi sifatida kombinat malakali konçilik, metallurgiya, maşinasozlik va kimyo muhandislariga doimiy ehtiyoj sezadi. Memorandum doirasidagi hamkorlik korxonaning işlab çiqariş jarayonlaridagi muammoli masalalarni ilmiy asosda hal etişga yönaltirilgan qöşma tadqiqot loyihalari uçun zamin yaratadi.