Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasi böyiça yangi takliflar taqdimot qilindi.

Ma’lum qilinişiça, “U10 – Özbekistonning global darajadagi ilğor universitetlari” dasturi amalga oşiriladi. Dastur doirasida tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim taşkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilib, ularda ilmiy klasterlar taşkil etiladi.

Mazkur tanlov professor-öqituvçi va olimlar salohiyati, iştirokçi taşkilotlarning milliy va xalqaro reytinglardagi örni, ilmiy infratuzilmasi hamda moliyalaştirişdagi uluşi kabi körsatkiçlar asosida ötkaziladi.

Taşkil etiladigan ilmiy klasterlar mahalliy va xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sanoat korxonalari hamkorligidagi konsorsium sifatida faoliyat yuritadi.

Milliy tadqiqot universiteti maqomi berilgan universitetga ilmiy klaster taşkil etiş uçun Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan 150 milliard sömgaça mablağ ajratiladi.

Şuningdek, oliy ta’lim tizimida natijaga yönaltirilgan moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy etiş nazarda tutilmoqda.

Xususan, 2027 yildan boşlab oliy ta’lim taşkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga köra moliyaviy rağbatlantiriş tizimi yölga qöyiladi.

Bunda universitetlar ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, raqamlaştiriş va bitiruvçilar bandligi kabi mezonlar asosida baholanadi.

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uçun oliygohlarga ajratiladigan mablağlar miqdorini şakllantirişda ham yangi yondaşuvlar taklif etildi. Endilikda ta’lim yönalişining murakkabligi, mehnat bozori ehtiyojlari, universitet reytingi, hududiy omillar va professor-öqituvçilar mehnatini rağbatlantiriş kabi körsatkiçlar inobatga olinadi.