“Talabga javob bermaydigan 20 ta davlat oliygohi yopiladi” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Talabga javob bermaydigan, bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangan davlat oliygohlari yopilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu asosan oliygohlarning viloyatlardagi filiallariga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Hozir faqat xususiy emas, davlat OTMlari ham tekshiruvdan o‘tkazilyapti, ularning talabga javob bermaydigan 20 tasi yopilish arafasida turibdi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Lolazor” loyihasidagi suhbat davomida.
“Iqtisodiyot universitetida ishlaganimda pedagogika yo‘nalishimiz talabga javob bermagani uchun yopilgan. Jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq bir yo‘nalishimiz ham yopilgan. Shuning uchun endi xususiylar bo‘lganda ham qaysidir yo‘nalishlari ham yopilishi mumkin, xuddi davlatnikidek. Davlat oliy ta’lim muassasalarida ayrim joylarda 2-3 smenada o‘qiyotganlar ham bor. Bu asosan pedagogika yo‘nalishida”, – dedi vazir.
Shu bilan birga, Sharipov talabga javob bermaydigan 20 ta universitet yopilish arafasida ekani, bunga bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangani sabab ekanini aytib o‘tgan.
“U universitetning o‘quvchilariga talab yo‘q. Nima qilamiz uni ushlab, shuncha bino, o‘qituvchiga xarajat bo‘lyapti. Masalan, texnika yo‘nalishida 6 million so‘m kontrakt to‘layapti, lekin kamida 20 million so‘m xarajati bor. Bu ko‘proq viloyatlardagi mayda-chuyda filiallarimizga bog‘liq”, – degan oliy ta’lim vaziri.
Oldinroq, Kun.uz yopilayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida surishtiruv e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025