Bloger Geydar Aliyev ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.
Sud hujjatiga köra, Gonzo nomi ostida faoliyat olib boradigan 28 yoşli Geydar Aliyev 13 iyunda Toşkent şahrida ötkazilgan festivalda jamoat tartibini buzgan. U voyaga yetmagan şaxslarni ularning qarşiligiga qaramay videotasvirga olgan hamda Telegram kanalida tarqatgan.
Şuningdek, bloger içki işlar organi xodimining huquqbuzarlikni töxtatiş haqidagi talabini bajarmasdan jamoat joyida sökingan holda odamlar osoyiştaligini buzgan.
Bundan taşqari, Geydar Aliyev 17 iyun kuni jabrlanuvçilardan birining şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi ma’lumotlarni Telegram’da tarqatgani ham aniqlangan.
Geydar Aliyev sudda qilmişidan puşaymon ekanini bildirgan.
“13 iyun kuni Mirobod tumanida ötkazilgan “K-Vibe” festivaliga “Kimano” kiyimida borib, ukamning operatorligida bayram jarayonini jonli video orqali tasvirga olişni boşladim. Öşa yerdagi fuqaroga birga raqsga tuşişni taklif qildim. U videoga olmaslikni aytib, operatorga qarşilik qildi. Öşa yerda xizmatni ötayotgan profilaktika inspektori videoga olmasligimni va öçirib taşlaşimni söradi. Men qaysi asosga köra fuqarolar yoki IIO xodimlarini videoga olmaslik kerakligini söradim. Xodimning IIB binosiga birga boriş taklifini rad qildim.
Bundan taşqari, jamoat joyida rusça sözlar bilan sökinganim rost. Bunday qilmişi uçun çin köngildan puşaymonman”, degan bloger.
Jabrlanuvçilar suddan Aliyevga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
JIB Mirobod tuman sudi qarori bilan Geydar Aliyev MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi, va 46-2-moddasi (şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.












