Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qilişiça, respublika hududiga öta issiq havo massalarining kirib kelişi va havo haroratining 44–46 darajagaça kötarilişi munosabati bilan hududiy boş boşqarmalar mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda kompleks tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Mamlakatning barça hududlarida daraxtlar, butalar va manzarali ösimliklar namlikning buğlanişi eng kam böladigan tong, keçqurun va tungi vaqtlarda suğorilmoqda. Şuningdek, maxsus texnikalar yordamida şahar köçalari va jamoat joylarini sovitiş işlari ham taşkil etilgan.
Buxoro viloyatida yaşil hududlarni parvarişlaş işlari kuçaytirilib, favvoralar işga tuşirilgan. Markaziy köçalar va yaşil zonalar muntazam suğorilmoqda. Konimex tumanida esa havo haroratini pasaytiriş hamda çang miqdorini kamaytiriş maqsadida köçalarga suv sepilmoqda.
Qaşqadaryo viloyatida ekologiya xodimlari daraxt va butalarning qurib qolişining oldini oliş maqsadida tungi suğoriş işlarini amalga oşirmoqda.

Xonobod va Andijon şaharlarida maxsus texnikalar yordamida köçalar sovitilmoqda. Bu tadbirlar havo sifatini yaxşilaş va çang kötarilişining oldini olişga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyatida tasdiqlangan grafik asosida köçalar, daraxtlar va yaşil maydonlar suğorilmoqda. Termiz şahrida esa kunning eng issiq vaqtlarida aholiga yuqori harorat ta’sirini yumşatiş maqsadida köçalarga suv sepilmoqda. Şu bilan birga, viloyatning bir qator hududlarida maysazor va gulzorlarni uzluksiz suv bilan ta’minlaydigan zamonaviy suğoriş tizimlari joriy etilgan.

Navoiy viloyatida daraxtlar, gulzorlar va boşqa yaşil maydonlarni muntazam suğoriş işlari davom ettirilmoqda. Namangan viloyatida esa anomal issiq oqibatlarini yumşatiş maqsadida şahar köçalariga qöşimça suv sepiş va yaşil hududlarni suğoriş işlari kuçaytirilgan.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi fuqarolarni ham yaşillikni asraşga hissa qöşişga çaqirib, jazirama kunlarda suğorilgan har bir daraxt mamlakat ekologik barqarorligi uçun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.












