Rossiya 19 iyulga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab ballistik raketalar bilan navbatdagi yopirilma zarbalarni yo‘lladi – bu urush boshidan buyon Ukraina poytaxtida kuzatilgan eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi, degan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab 40 dan ortiq raket va 120 ta dron uchirgan. Rossiya harbiylari raketalarning katta qismini Kiyev tomon yo‘naltirgan. Iyul boshidan buyon Ukraina poytaxti har hafta bir necha martdan Rossiya hujumlari nishoniga aylanmoqda.
Shaharning beshta rayoni zarba ostida qolgan. Bu hududlarda avtomobillar, turar joylar va boshqa noturar binolar shikastlangan. Portlash to‘lqini «Lukyanovskaya» metro bekati yerosti vestibyuliga zarar yetkazgan.

Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya raketalaridan biri harbiy anjom va individual himoya vositalari, zirhli nimchalar hamda shturmchilarning ryukzaklarini ishlab chiqaruvchi Ukrtac kompaniyasi zavodi va omboriga kelib tushgan.
Kiyevda hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana 16 kishi jarohatlangan. Kiyev oblastining Bucha rayonida yana ikki kishi tan jarohati olgan. U yerda Rossiya zarbasidan keyin omborlar va «logistik ob’yekt»larda yong‘inlar ro‘y bergan.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / Reuters / Scanpix / LETA


Zaporijjya oblastida qatorasiga ikkinchi kun poyezd zarbaga uchradi. Bir kun oldin RF qo‘shini lokomotiv va yo‘lovchi vagonlariga zarba bergandi. O‘shanda hech kim jabrlanmagan. 19 iyulga o‘tar kechasi zarbalar oqibatida bir ishchi yaralangan. Yo‘lovchilar oldindan evakuatsiya qilingandi. Zaporijjya shahrida yana ikki kishi jarohat olgan.




















