Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 41 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga ko‘pdir.

Hisobot davrida eksport hajmi 15,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 8,8 foizga kamaygan. Import esa 25,1 mlrd AQSh dollariga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.

Shu bilan birga, oltin hisobga olinmagan holda tovarlar eksporti 8,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, yillik hisobda 28,7 foizlik o‘sish qayd etildi. Bu mamlakatning noxomashyo eksportini kengaytirish borasidagi ijobiy dinamikani ko‘rsatadi.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston jahonning 195 ta mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelib, u 23,1 foizni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (17,1 foiz), Qozog‘iston (6,8 foiz), Turkiya (3,4 foiz) va Afg‘oniston (2,6 foiz) qayd etildi.