5-avgust kuni STAR.VISION kompaniyasi tomonidan Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan «Samarqand-2028» va «Lampung-1» giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi.
«Samarqand-2028» loyihasi O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik tashabbuslardan biri hisoblanadi. U milliy kosmik dasturni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi bilan birga, mamlakatning zamonaviy kosmik texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Loyiha, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma innovatsion dasturlarni amalga oshirish hamda kosmik tadqiqotlar sohasidagi sheriklikni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.











