Husiylar hujumi

Payşanba kuni Yamandagi husiylarning Saudiya Arabistoni janubiga qilgan hujumi oqibatida 11 nafar tinç aholi vakili jarohat oldi. Bu haqda Saudiya boşçiligidagi harbiy koalitsiya matbuot kotibi general mayor Turki al-Malikiy ma’lum qildi.

Uning aytişiça, janubiy Najron provinsiyasidagi hujumda Saudiyaning yetti nafar, şuningdek, Yaman, Misr va Pokiston fuqarolari jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida ikkinçi darajali kuyiş jarohatini olgan 4 yoşli bola ham bor.

Malikiy husiylarni tinç aholi hududlarini tartibsiz öqqa tutişda aybladi va koalitsiya tinç aholini himoya qiliş uçun çoralarni körişini ta’kidladi.

Şuningdek, husiylar payşanba kuni Marib va Hadramaut provinsiyalarida özlari Saudiya Arabistoni harbiy qismlari deb atagan joylarga hujum uyuştirib, Yaman hukumatining 30 dan ortiq askarini öldirgan.

AQŞ va Isroilning Eron bilan beş oydan beri davom etayotgan uruşi Saudiya Arabistonining xavfsizlik borasidagi hisob-kitoblarini tobora murakkablaştirmoqda.

Çunki husiylarning harakatlari, masalan, Saudiya neft eksportini töxtatib qöygan Qizil dengiz qamali - mintaqaviy xavflarni oşirib yubordi.

Saudiyalik amaldorning Reutersʼga aytişiça, razvedka xizmatlari - husiylar va Iroq qurolli guruhlari tez orada qirollikning energiya infratuzilmasi, portlar va aeroportlarga muvofiqlaştirilgan hujumlar uyuştirişi mumkinligini aniqlagan.

Şu bois Ar-Riyod asosiy ittifoqçilari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştirişga intilmoqda. Xususan, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston juma kuni podşohlikda mudofaa böyiça kelişuv imzolaşi kutilmoqda. Kelişuv tafsilotlari hozirça ma’lum qilinmagan. Amaldorning aytişiça, rejalaştirilgan hujumlar uşbu diplomatiyani yöqqa çiqarişga qaratilgan bölişi mumkin.

Trampdan migratsiyaga qarşi yangi farmonlar

Prezident Donald Tramp payşanba kuni AQŞda tuğiliş böyiça fuqarolikni çeklovçi ikkita yangi farmonni imzoladi. Şu bilan birga u Oliy sudning fuqarolik böyiça avvalgi qarorini «juda açinarli» deb atadi.

Ikki oy oldin Oliy sud Trampning avvalgi urinişlarini rad qilgandi.

Tuğiliş böyiça fuqarolik oliş huquqi AQŞ Konstitutsiyasining 14-tuzatişida mustahkamlangan. Qoida çet el diplomatlari yoki duşman kuçlari a’zolarining farzandlari kabi juda kamdan kam istisnolardan taşqari, AQŞda tuğilgan çaqaloqlar uçun fuqarolikni kafolatlaydi.