Xitoyning Outlook New Era Magazine media portalida Jahon sayohat va turizm kengaşining (WTTC) “2026-yil uçun sayohat va turizmning iqtisodiy ta’sirini örganiş” hisoboti asosida Markaziy Osiyo turizm sohasidagi ösiş sur’atlariga bağişlangan maqola e’lon qilindi.

Hisobotga köra, Markaziy Osiyo 2025-yilda jahon turizm sanoatida eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biriga aylangan. WTTC dunyo turizmini 13 ta asosiy hudud böyiça tahlil qilgan bölib, Markaziy Osiyo qator muhim körsatkiçlar böyiça birinçi örinni egallagan.

Xususan, 2025-yilda mintaqada sayohat va turizm sohasining yalpi içki mahsulotga qöşadigan hissasi 17,7 foizga, sohaning töğridan töğri iqtisodiy hissasi esa 19,6 foizga ösgan. Bu Şimoliy-Şarqiy Osiyo 8,7 foiz va Janubiy-Şarqiy Osiyo 7,6 foizlik ösiş sur’atlaridan sezilarli darajada yuqori.

Hisobotda Markaziy Osiyo turizm sanoatining iqtisodiyotga qöşgan hissasi 2025-yilda 220,1 milliard AQŞ dollariga yetgani keltirilgan. Bu mintaqa yalpi içki mahsulotining 4,3 foiziga teng. Şuningdek, turizm sohasidagi bandlik 9,5 foizga, sohaga yönaltirilgan investitsiyalar esa 12,4 foizga oşgan.

Maqolada Özbekiston Markaziy Osiyodagi eng ilğor turistik yönaliş sifatida alohida qayd etilgan. WTTC ma’lumotlariga köra, mamlakat mintaqadagi asosiy baholaş körsatkiçlari böyiça yetakçilik qilmoqda.

2025-yilda Özbekistonning turizm xizmatlari eksportidan olgan daromadi 44,8 milliard AQŞ dollariga yetgani keltirilgan. Qayd etilişiça, bu Markaziy Osiyodagi umumiy turistik eksport daromadlarining qariyb yarmini taşkil etadi.

Özbekiston mintaqa aholisi uçun ham eng ommabop sayyohlik yönalişi sifatida körsatilgan. Markaziy Osiyo aholisining xorijiy sayohatlari orasida Özbekistonning uluşi 25 foizni taşkil etgan. Keyingi örinlarni Qozoğiston 23 foiz va Qirğiziston 18 foiz körsatkiç bilan egallagan.

Şuningdek, 2025-yilda Özbekistonga 11,7 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Bu 2024-yildagi körsatkiçga nisbatan 46,8 foizga köp.

WTTC Markaziy Osiyoda turizmning jadal rivojlanişiga çegara tartiblarining soddalaştirilişi, transport va logistika imkoniyatlarining yaxşilanişi, yangi sayyohlik yönalişlarining taşkil etilişi hamda mintaqaning yagona turistik makon sifatida tarğib qilinişi muhim omil bölayotganini qayd etgan.

Tadqiqot natijalari Özbekistonning Markaziy Osiyodagi asosiy turizm markazlaridan biri sifatidagi mavqei mustahkamlanayotganini körsatmoqda.