Tramp 16-avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlar kölamini qisqartiriş böyiça topşiriq berganini ma’lum qildi.

Oq uy rahbarining aytişiça, KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan «juda yaxşi munosabatlari»ni hisobga olganda, AQŞning bu maşğulotlarda iştirok etişga rozi bölganidan u mamnun emas.

Tramp qöşma harbiy maşğulotlarni nafaqat qimmat, balki Şimoliy Koreyaga nisbatan noörin signal deb ham baholadi.

Uning ta’kidlaşiça, maşğulotlar bilan boğliq xarajatlarning katta qismini AQŞ qoplamoqda. Şu bilan birga, Tramp fikriça, bunday harbiy faollik uning prezidentligi davrida AQŞga tahdid solmagan va Vaşingtonga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölgan Şimoliy Koreyaga «mutlaqo noörin va duşmanona signal» yuboradi.

Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Janubiy Koreyaning Vaşington va Tel-Avivning Eronga qarşi uruşida AQŞni qöllab-quvvatlaşdan boş tortganini ham eslatdi.

Ulchi Freedom Shield maşğulotlari

AQŞ va Janubiy Koreya örtasidagi Ulchi Freedom Shield nomli qöşma harbiy maşğulotlar 17-avgust kuni boşlanişi va 11 kun davom etişi rejalaştirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, uşbu maşğulotlarning asosiy maqsadi Janubiy Koreya va AQŞ kuçlarini Şimoliy Koreya tomonidan ehtimoliy hujumga tayyorlaşdan iborat.

AFP qayd etişiça, AQŞ köp yillardan beri Janubiy Koreyaning eng muhim harbiy ittifoqçilaridan biri bölib kelmoqda. Ayni paytda Janubiy Koreya hududida 28,5 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçi joylaştirilgan.

Seul Pxenyan bilan tinçlik muzokaralarini taklif qildi

Koreya yarimorolidagi vaziyat hamon öziga xos huquqiy holatda qolmoqda. 1953-yilda Koreya uruşi yakunlariga köra öt oçişni töxtatiş töğrisida bitim imzolangan, ammo Janubiy va Şimoliy Koreya örtasida hanuzgaça tölaqonli tinçlik şartnomasi tuzilmagan.

Janubiy Koreya prezidenti Li Çje Myon ötgan yili lavozimga kirişganidan beri Seul va Pxenyan örtasidagi munosabatlarni yaxşilaşga harakat qilmoqda.

15-avgust kuni u KXDR rahbariyatiga ikki davlat örtasida tinçlik örnatiş böyiça muzokaralar ötkazişni taklif qildi.