Moldova politsiyasi 17-avgust kuni mamlakat janubi-şarqida uçuvçisiz uçiş apparati havo hududini buzib kirgani va qişloq xöjaligi yeriga qulab tuşganini ma’lum qildi.

Dron Rossiyaga tegişli bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Dron qulaganidan keyin dalada kiçik yonğin boşlangan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari Odessa porti tomon harakatlanayotgan Rossiyaning «Banderol» turidagi droni belgilangan yönalişdan adaşib, davlat çegarasini kesib ötgani va Moldova hududiga kirib qolganini bildirgan edi.

Avgust oyi boşidan beri Moldova havo hududi dronlar tomonidan bir neça marta buzilgan. Manbaga köra, ular orasida Shahed turidagi Rossiya dronlari ham bölgan. Avvalgi dronlardan biri ham Moldova hududiga qulab tuşgan.

Sandu dronlarning hammasi ham tasodifan kirmayotganini aytdi

Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakat havo hududining dronlar tomonidan buzilişiga munosabat bildirdi.

Uning aytişiça, dronlarning faqat bir qismi Moldova hududiga tasodifan kirib qolmoqda. Ayrim dronlar esa mamlakat rasmiylarining bunday tahdidlarga javob beriş imkoniyatlarini sinab köriş maqsadida ataylab yuborilayotgan bölişi mumkin.

Sandu Rossiyaning Kişinyovdagi elçixonasi rahbari Oleg Ozerovni mamlakatdan çiqarib yuboriş ehtimoli ham bunday dron parvozlarini töxtatmasligini ta’kidlagan.

Uning fikriça, Rossiyaga norozilik notalari yuborilişi ham Moskva siyosatini özgartirmaydi.

Moldova prezidenti dronlar bilan boğliq tahdidni bartaraf etişning eng muhim yöli Ukrainaga yordam beriş ekanini ta’kidladi.

U Ukraina uşbu uruşda ğalaba qozonişiga erişiş Moldova, Ukraina va boşqa hududlarda bunday dronlar parvozini töxtatiş uçun muhimligini aytgan.

Bir kun avval Ruminiyada dron urib tuşirilgan

Moldovadagi hodisadan bir kun avval NATO missiyasi doirasida harakatlanayotgan Ispaniya qiruvçi samolyoti Ruminiya osmonida uçuvçisiz uçiş apparatini urib tuşirgan.

Ruminiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, dron mamlakat havo hududiga Moldova tomonidan kirib kelgan va keyin yöq qilingan.