Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 18 ta tumanida uch xonali yangi, zamonaviy yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu tashabbus InfinBANK AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirildi.

Tashabbus InfinBANK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama memorandum asosida amalga oshirildi.
«101 yosh oilaning o‘z uyiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish InfinBANK uchun muhim ijtimoiy natijadir. Bank odamlar hayotini amalda yaxshilaydigan va hududlar rivojiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi», - dedi InfinBANK ta’sischisi Farhod Mamatdjanov.

InfinBANK jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bunday ijtimoiy loyihalarda ishtirok etayotganidan faxrlanadi. Bank kelgusida ham aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni izchil amalga oshirishni maqsad qilgan.
Reklama huquqi asosida









