Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki yetti oyida turistik maqsadlarda çet elga çiqqan Özbekiston fuqarolari soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 45,6 ming nafarga köpaygan.
Uşbu davrda Özbekiston fuqarolari eng köp Qirğizistonga safar qilgan - 1 mln 981,5 ming nafar.
Keyingi örinlarni Qozoğiston - 805,4 ming va Tojikiston - qariyb 745 ming nafar bilan egallagan.
Rossiyaga 222,6 ming nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda borgan. Saudiya Arabistoniga safar qilganlar soni 167,3 ming, Turkiyaga borganlar esa 166,9 ming nafarni taşkil etgan.
Özbekistonliklar eng köp safar qilgan top-10 davlat:
- Qirğiziston - 1 981 542 nafar;
- Qozoğiston - 805 437 nafar;
- Tojikiston - 744 974 nafar;
- Rossiya - 222 605 nafar;
- Saudiya Arabistoni - 167 337 nafar;
- Turkiya - 166 893 nafar;
- BAA - 47 020 nafar;
- Xitoy - 43 581 nafar;
- Misr - 32 470 nafar;
- Vetnam - 28 224 nafar.
Şunday qilib, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Özbekiston fuqarolarining xorijiy safarlarida qöşni davlatlar yetakçilik qilgan.
















