«Uşbu safar Baydenning ittifoqdoşlarimizni tiklaş, transatlantik munosabatlarni jonlantiriş va global muammolarni hal qiliş hamda Amerika manfaatlarining yanada işonçliroq himoyasi uçun ittifoqdoşlarimiz va köp tomonlama hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda işlaş tarafdori ekanini körsatadi», deb ma'lum qilingan Oq uyda.

Britaniyada Bayden 11–13 iyun kunlari Kornuollda ötadigan G7 sammitida iştirok etadi. Bu yerda AQŞ prezidentining «Katta yettilik» davlatlari yetakçilari bilan ikki tomonlama uçraşuvlarini ötkaziş ham rejalaştirilgan.

 Söngra Bayden 14 iyunda ötadigan NATO sammitida iştirok etiş uçun Belgiyaga yöl oladi. Alyans yetakçilari NATO tahdidlarga qanday javob berişi kerakligi hamda alyans içidagi xarajatlarni samarali taqsimlaş masalasini muhokama qilişadi.

Bundan taşqari, Bayden Yevropa Ittifoqi–AQŞ sammitida iştirok etadi. Sammitda global xavfsizlik, soğliqni saqlaş, jahon iqtisodiyotini tiklaş, raqamli va savdo hamkorligini kengaytiriş, iqlim özgarişi, demokratiyani mustahkamlaş va umumiy taşqi siyosiy muammolarni hal qiliş masalalari muhokama qilinadi.