Hyundai Motor kompaniyasi 20-avgust kuni Genesis brendi ostidagi yangi töliq ölçamli elektr krossover - GV90 modelini eʼlon qildi. Model içki yonuv dvigatelini örnatiş imkoniyatisiz, faqat elektr yuritmaga möljallangan platformada yaratilgan.

Avtomobilning uzunligi 5,28 metrni, ğildiraklar bazasi esa 3,24 metrni taşkil etadi. Harakat ravonligini oşiriş uçun osma tizim pnevmatik elementlar bilan jihozlangan, orqa öqning bazaviy talqini esa boşqariluvçi ğildiraklar va yuqori işqalanişli differensial bilan taʼminlangan. Ikkita elektr motor umumiy hisobda 657 ot kuçi va 800 Nm aylantiruvçi lahzani taqdim etadi, uzatma töliq. Siğimi 123,5 kVt·soat bölgan tortiş akkumulyatori bir quvvatlanişda 500 km masofa bosiş imkonini beradi.

GV90 standart talqini yetti örinli, uç qatorli salonga ega. Modelar qatorining eng yuqorisidan Neolun nomli super-lyuks modifikatsiyasi örin oladi. Bu - markaziy ustunlarsiz, orqa eşiklari Rolls-Royce avtomobillaridek harakatga teskari oçiladigan tört örinli talqindir.

Neolun salonida orqa örindiqlar ventilyatsiya, massaj, isitiş va elektr sozlaş tizimlari, şuningdek, yiğiluvçan boldir tayançi bilan jihozlangan. Markaziy ustunlarning yöqligi ostonalar va eşik öyiqlaridagi yuqori mustahkam pölatdan yasalgan kuçaytirilgan ştamplangan elementlar hamda qöşimça yaşirin karkas bilan qoplangan. Orqa eşiklar ikki bosqiçda işlaydi: avval öyiqdan çiqadi, söngra oçiladi. Ilgaklar konstruksiyasi orqa va old eşiklarni bir-biridan mustaqil ravişda boşqariş imkonini beradi.

Tört örinli talqindagi oldingi örindiqlar avtomobil töxtab turganida 180 darajaga burilib, orqa yölovçilarga yuzlangan holda mehmonxona uslubidagi salonni hosil qilişi mumkin.