Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimi qayta taşkil etiladi. Profilaktika inspektoriga mahallada yöl harakati qoidasini buziş bilan boğliq maʼmuriy jazoni qöllaş vakolati beriladi. Toşkent-Parkent yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. 6 oyda 11 mingdan ortiq kişi ozodlikdan mahrum qilindi, ularning aksariyati giyohvandlik bilan boğliq. Çorvoq suv omborida fojia yuz berdi: ota-öğillar çökib ketdi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimi qayta taşkil etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Maʼlumotlarga köra, respublikada 3,8 millionga yaqin aholi hamda qariyb 2 mingta ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. Joriy yilda aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uçun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş közda tutilgan.
Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimini qayta taşkil etiş maqsadida «Hududgaztaʼminot» taʼsisçiligida «LPG-Trade» masʼuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etiş taklif qilindi. Uşbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda odamlarga yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga xarid qilingan suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uçun kompensatsiya tölanadi.
Profilaktika inspektoriga mahallada yöl harakati qoidasini buziş bilan boğliq maʼmuriy jazoni qöllaş vakolati beriladi
Prezident qaroriga köra, içki işlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlaş bölinmalarining faoliyati qayta, yaxlit tizim sifatida taşkil etiladi.
Profilaktika inspektorining xizmat vazifasini bajarişiga tösqinlik qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Profilaktika inspektoriga qöşimça vakolatlar beriladi, jumladan yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş borasida mahalla köçalari va yölaklarida yöl harakati qoidalari buzilişi bilan boğliq 4 turdagi maʼmuriy huquqbuzarlik böyiça maʼmuriy jazo qöllaşi mumkin böladi (ular hali eʼlon qilinmadi).
Şuningdek, profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqeyi va xizmat masʼuliyati oşiriladi.
Toşkent-Parkent yönalişida elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi
7-sentabrdan Toşkent va Parkentni boğlovçi şaharlararo elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Elektropoyezdda 586 ta örin bölib, 1154 tagaça yölovçi taşiş imkoni bor.
Çiptalar narxi kattalar uçun 10 ming sömgaça, 10 yoşgaça bölgan bolalarga 6,5 ming söm qilib belgilangan. Yölovçilar manzilga 50 daqiqada yetib borişi mumkin.
Mazkur loyiha Parkent tumanining turistik salohiyatini oşirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.
6 oyda 11 mingdan ortiq kişi ozodlikdan mahrum qilindi
2026-yilning birinçi yarmida Özbekistonda jami 11703 nafar şaxs ozodlikdan mahrum qilingan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2133 nafarga köp.
Bu davrda ikki nafar mahbusga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan. Qamoq jazosiga hukm qilinganlarning 179 nafari qasddan odam öldiriş, 1376 nafari oğir va örtaça oğir tan jarohati yetkaziş, 1789 nafari bezorilik bilan boğliq jinoyat sodir qilgan. Qamalganlarning qariyb yarmi (5788 kişi) narkojinoyatlar böyiça aybli deb topilgan. Korrupsiya jinoyatlari böyiça 3605 nafar şaxs sudlanib, ularning 779 nafari ozodlikdan mahrum qilingan.
Çorvoq suv omborida fojia yuz berdi: ota-öğillar çökib ketdi
2-sentabr kuni Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, Burçmulla mahallasi hududidagi Çorvoq suv omborida 3 kişi – ota va uning 2 öğli çökib ketdi.
FVV matbuot xizmati maʼlumotiga köra, şu kuni er-xotin, ikki öğil va bir qizdan iborat oila suv omborida sayr qiliş uçun kater ijaraga olgan.
Taʼkidlanişiça, suratga tuşiş uçun töxtalgan vaqtda öğillardan biri çömilişga qaror qilgan. U qutqaruv nimçasidan foydalanmagani aytilmoqda. Taxmin qilinişiça, suvda yigitning oyoq tomiri tortişib qolgan. Uni qutqariş uçun avval ota, söng ikkinçi öğil ham suvga sakragan. Biroq uçalasi ham çökib ketgan. Kater haydovçisi ularni qutqarişga harakat qilgani, ammo buning imkoni bölmagani taʼkidlanmoqda.
Ularning jasadi qutqaruvçilar tomonidan qidirilmoqda. Qöşimçasiga Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan ham qutqaruv otryadlari jalb qilingan.
















