Shanba kuni Oʻzbekistonda kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib qoladi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Havo harorati kechasi +17…+20, kunduzi +31…+34, janubda va choʻl hududlarida +35…+37 darajagacha boʻlishi kutilmoqda, bu esa sentabr oyining ikkinchi yarmidagi iqlimiy meyordan 2–4 darajaga yuqoridir.

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha, janubiy viloyatlardan tashqari, bulutlilik ortishi va kunduzgi harorat 2–3 darajaga pasayishi kutilmoqda. Namangan va Fargʻona viloyatlarining togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Choʻl va togʻli hududlarda 20-sentabr kuni shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +18…+20 daraja, kunduzi 18–19-sentabr kunlari +32…+34 daraja, 20-sentabrda esa +30…+32 daraja boʻladi.

Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.