Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toşkent şahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvçi, 1993-yilda tuğilgan fuqaroga tegişli avtomaşina va uning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Tekşiruv natijasida 1,1 kilogramm «Alfa-PVP», 1,9 kilogramm marixuana, 65 gramm geroin hamda 16 gramm «5F-APINASA» giyohvandlik vositalari aniqlanib, şuningdek, narkotiklarni qadoqlaşda foydalanilgan zip-paketlar va elektron torozi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Tezkor tadbirning davomida mazkur şaxsga giyohvandlik vositalarini «zakladka» usulida tarqatiş böyiça topşiriq bergan, 1988-yilda tuğilgan va muqaddam giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan ayol ham qölga olindi.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni giyohvandlik vositalari bilan boğliq qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Idora murojaat qiluvçilarning şaxsi sir saqlanişini kafolatlaşini ma’lum qildi.

















