AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ va butun dunyo uçun muammo keltirib çiqarişni istayotganini aytdi.
«U bizning fermerlarimizga dizel yonilğisi bilan boğliq muammolar keltirib çiqarişni xohlamoqda, çunki Rossiya butun dunyoga dizel yonilğisining katta qismini yetkazib beradi», - dedi AQŞ prezidenti Endryus bazasida ötkazilgan brifingda.
Tramp sözlariga köra, AQŞ Ukrainadan Rossiya neft zavodlariga zarba bermaslikni söragan, lekin Zelenskiy «özi istaganidek yöl tutmoqda».
«Unga xohlaganingni qil, faqat neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berma, deganman. U bu işni bas qilişi kerak», dedi u.
Şuningdek, Tramp Ukrainaga yangi prezident kerakligini aytdi.
«Men kelişuv tuza oladigan yangi rahbar topişni taklif qilaman. Çunki u [Zelenskiy] köplab kelişuvlar tuzişi mumkin edi, lekin negadir bunday qilmayapti», dedi AQŞ prezidenti.
9-oktabr kuni AQŞ prezidenti Rossiya rahbari bilan telefon muloqotini ötkazdi. Tramp suhbatdan söng Rossiya Amerika va global bozorga yaqin muddat içida jami 3 million tonna dizel yetkazib berişini maʼlum qildi.
Öz navbatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞning Rossiya dizel yonilğisini jahon bozoriga yetkazib berişga ruxsat beriş qarorini «uruşga investitsiya» deb atadi.












