Reperlar Falastinni qölladi, husiyçilar muvozanatni özgartirmoqda – hafta dayjesti
|21:48 / 20.09.20269 6349 min
Hafta davomida Rossiyada uruş davridagi ilk parlament saylovi boşlandi, Zelenskiy qöşni davlatlar bilan yangi ittifoq tuzilganini eʼlon qildi. Yaman husiyçilari atrofidagi vaziyat jiddiy tus oldi. Amerika Rossiyaga qarşi «jahannam sanksiyalari» eʼlon qildi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini yodga olamiz.
Rossiyada saylov
Rossiyada uruş davridagi ilk parlament saylovi ötkazilmoqda. 18-sentabr kuni boşlangan saylov bugun 20-sentabr kuni tugaydi. Uruş davrida Rossiyada prezidentlik saylovi ötkazilgan, lekin parlament uruşdan oldingi mandati bilan işlayotgandi. Davlat dumasi IX çaqiriği uçun saylovlarda rossiyaliklar 450 deputatni saylaydi. Şuningdek, mamlakatdagi 11 hududda mahalliy rahbarlar saylanadi. Ukraina bilan çegaradagi Belgorod, Bryansk kabi oblastlarda, şuningdek, özbekistonliklar uçun qiziq bölgan Çeçenistonda ham hududiy rahbarlik uçun saylov bölmoqda.
Bu gal Rossiya muxolifati saylov oldida nihoyat birlaşa oldi. Hozir rossiyaliklar orasida eng maşhur bölgan siyosatçi Maksim Kats marhum muxolifat lideri Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya bilan birga saylaş tavsiya qilingan nomzodlar röyxatini eʼlon qildi. Bu gal muxolifat hukmron «Yedinaya Rossiya»ning eng kuçli raqiblariga ovoz berişga çaqirdi.
Uruşga qarşi yagona partiya «Yabloko» saylovdan çetlatilgandi, lekin partiyaning bir qism nomzodlari saylovlarda qatnaşmoqda. Uruşga qarşi rossiyaliklar aynan ularga ovoz berişi kutilyapti. «Yabloko» saylovning birinçi kunidan keyin partiya nazoratçilari yoppasiga uçastkalarga qöyilmagani haqida hisobot berdi. Saylov natijalariga alohida töxtalamiz.
«Karpat sakkizligi»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yangi hamkorlik taşkiloti – «Karpat sakkizligi» (S8) tuzilganini eʼlon qildi. Unga Ukraina, Ruminiya, Serbiya, Polşa, Slovakiya, Çexiya, Avstriya va Mojariston kiradi. Iştirokçilar xavfsizlik, energetika, logistika, transçegaraviy iqtisodiy sohalarda hamkorlik qilişi kutilmoqda. Taşkilot ilk yiğilişi Ukrainaning Ivano-Frankivsk viloyatida ötkazilib, unda Polşa, Serbiya va Ruminiya liderlari iştirok etdi.
Indoneziyada parom çökdi
Indoneziyada ulkan parom çökişi katta şov-şuvga sabab böldi. Parom Yava dengizida halokatga uçrab, 30 metr çuqurlikka çökib ketgan. Bortdagi 243 kişidan 108 kişi omon qolgani aniq, qolganlar hamon qidirilmoqda. Şuningdek, paromda 89 ta maşina ham bölgan.
Kema 20 soatlik yölga çiqqan vaqtda tölqinlar orasida qolib muvozanatni yöqotgan. Kapitan kema oğanayotgani haqida signal yuborgan, lekin keyinroq ekipaj bilan aloqa uzilgan. Parom manzilga 148 km qolganda ağdarilgan. Ekipaj aʼzolaridan birining aytişiça, barçasi juda tez bölgan, kema 5 daqiqa içida çökib ketgan.
Mavzuga oid
«Grem qonuni»
Amerikalik senator Lindsi Grem Kiyevga safarining ertasiga ölgani esingizda bölsa kerak. Respublikaçi senator Rossiyaga qarşi sanksiyalar haqida qonun tayyorlab yurgandi. Prezident Tramp kuni keça marhum senator nomi bilan atalgan «Grem qonuni»ni imzoladi. Unda Moskvaga qarşi sanksiyalarni kuçaytiriş, Rossiyadan neft va gaz sotib oladiganlarga 100 foizlik boj qöllaş közda tutilgan.
Prezident Tramp qonunni imzolaş orqali Rossiyaning uruşni moliyalaştirişini qiyinlaştirmoqçi. Kongressda ham qonun katta farq bilan tasdiqlangan. Ukraina tomoni qonun imzolanişini olqişladi. Bu Donald Trampning ikkinçi muddatga kirişganidan keyin Rossiyaga qarşi qilgan ilk jiddiy yurişi böldi. Aftidan, Tramp elçilari Moskvadan quruq qaytgaç, Rossiya bilan boşqaça gaplaşiş kerak degan xulosaga kelgan.
Husiyçilar «trendda»
AQŞ Eron bilan uruş boşlaganining yettinçi oyiga kelib Tehron taʼsiridagi husiyçilar şunaqa muvaffaqiyatli operatsiyalar ötkazdiki, asti qöyaverasiz. Eron taʼsiridagi Yamandagi şialar guruhiki şunçalik kuçayib ketgan bölsa, Tehronning qulaşi haqida gapirmasa ham bölaveradi, menimça. Husiyçilar Qizil dengizdagi muhim qirğoqlar ustidan nazorat örnatdi. Bu şunçaki qirğoq emas, dunyo savdosiga taʼsir qiladigan dengiz yöli ustidan nazorat degani.
Hozir Bob al-Mandab böğozi amalda husiyçilar nazoratida. Eron Hörmuz böğozini xavfli hududga aylantirgaç, bu böğoz muhimligi oşgan, xususan, jahon bozoriga eng köp neft çiqaradigan davlatlardan biri Saudiya neft ekporti Bob al-Mandabga boğlanib qolgandi.
Vaziyat şunçalikka bordiki, Xitoy bir qator taşkilotlar böyiça ittifoqçisi Eronni husiyçilarni jilovlaşga çaqirdi. Pekin tahdid qilmagan, şunçaki sörov yuborgan, lekin şuning özi ham vaziyat jiddiyligini körsatmoqda. Amerika Eronda uruş boşlab qanday maqsadlariga erişgani nomaʼlum. Aniği şuki, dunyo energiya resurslari markazi bölgan Yaqin Şarq borgan sari xavfli hududga aylanib bormoqda. Avval Hörmuz, endi Bob al-Mandab.
Hafta manifesti
Men şou biznesga qiziqmayman, lekin hafta davomida dunyoda maşhur estrada qöşiqçisi iştirokida sodir bölgan bir voqeaga közim tuşdi. Qöşiqçi Ed Şiran dunyo böylab gastrollariga bir neçta maşhur hamkasblarini ham taklif qilgan. Nyu-Jersidagi konsertda iştirokçilardan biri Ben Haggerti Falastinni qöllab nutq sözladi. «Bu turga borişni xohlaganimning sabablaridan biri mana şu ikki sözni aytiş: Falastinga ozodlik», degan reper.
Reper Ğarbiy sohildagilarga ular unutilmaganini aytgan. Şuningdek, Falastinni qöllaşi, Isroilni tanqid qilişi, falastinliklar qatliomini qoralaşi antisemitizm emasligini aytib, yahudiylarga alohida murojaat qilgan.
Şundan söng, yigitda muammolar yuzaga kelgan. Ed Şiran uni keyingi konsertlardan çetlatgan. Keyin birdamlik ramzi ölaroq qolgan iştirokçilar ham guruhni tark etgan. «Irland sifatida genotsid, majburiy oçarçilik, okkupatsiya haqida juda yaxşi bilaman», degan guruhdan çiqib ketgan irlandiyalik Aaron Rou.
Tabiiyki, Amerikada Isroilni tanqid qilgan yigit tanqidlar ostida qolib ketdi. Uni antisemitizmda ayblaşdi, terrorni qöllaşda ayblaşdi, xullas, dunyodagi barça gunohlarda ayblaşdi.
Bilasizmi, bu voqeani nega tilga oldim? Biz zamonaviy estrada qöşiqlarini eşitadigan yoşlarni özgaça olamda yaşaydi deb öylaymiz. Ularga dunyo tuzilişining, siyosiy voqealarning qiziği, yöq, şunçaki quloqçinni taqib musiqasi içida yaşab yuraveradi deymiz. Lekin bunday emaskan.
Har yeriga tatuirovka urdirgan, quloğida sirğasi bor, öz musiqasi içida yaşaydigan, klubdagi qizlarning yoqimtoyi bölgan reperlar ham dunyoning bir çekkasida dahşatli adolatsizlikni körsa, jim qarab turolmaskan. Amerikada, yahudiylar davlatida turib, baralla ovoz bilan yahudiylar tuzgan Isroil davlatini qirğinda ayblab çiqarkan. «Falastinga ozodlik» degan ikki dona sözni aytiş uçun öz jonini xatarga qöyişga ham tayyor bölarkan.
Çunki Falastin degan doim bosqinçilar, qöşnilar, dindoşlar talagan, mustaqil bölişiga yöl qöymagan yerdagi zulmdan azob çekkan millionlab insonlar ovozi endi dunyoning har çekkasida eşitiladi. Hozir internet asri, hamma istalgan maʼlumotini tekşirib köra oladi. Bu zamonda endi odamlarni aldab bölmaydi.
Musulmonmi, ğayridinmi, nasroniymi, yahudiymi, oqmi, qorami, ziyolimi yoki repermi, vijdoni bölsa, johil bölmasa, aslida nima bölayotganini soniyalarni aniqlay oladi. Vijdoni bor yahudiy Isroilda turib uruşda qatnaşganlardan intervyu olib, kino işlaydi. Vijdoni bor TSAHAL askari yuzini körsatmay bölsa ham, tinç aholi atayin qirilganini oşkor aytadi. Johil bölmagan harbiylar qanday qilib qölda yasalgan paraplan bilan dunyoda eng qattiq qöriqlanadigan çegaralardan birini kesib ötiş mumkin, deb savol beradi.
Dunyo şunçalik adolatsiz bölib ketdiki, kimdir Falastin yerlarida ikki davlat bölişi kerak, Falastin ham davlat bölişga haqli desa, Isroil va Amerika darrov öşa odamni antisemitizmda ayblab çiqadi. Vaholanki, bu yerlar çindan Falastinga tegişli. Aqli joyida bölgan odamlar isroilliklar bir vaqtlar omon qolişni sörab kelgan joylaridan çiqib ketsin demayapti, şunçaki Isroil Falastinning qolgan qismini bosib olişni bas qilsin, Falastin ham öz davlatini tuzsin deyapti.
Lekin Isroil millatçilari çiqib «Bu yerlarni bizga Xudo bergan!», deydi. Falastin davlati tuzilişi kerak deganlarni terrorçi deydi. Bunaqa tarixiy daʼvolarga qaralsa, heç bir muammo tugamaydi. Musulmonlar butun yer yuzi bizga berilgan, deb çiqişi mumkin, nasroniylar bizning payğambar Bayt Lahmda tuğilgan, Falastin bizniki, deyişi mumkin. Hammaning öz tarixiy, diniy asosi bor.
Lekin inson bu dunyoda xavfsiz yaşaşining eng asosiy şarti – kelişuv! Qavmlar bir-biri bilan kelişmasa, heç qanday mojaro tinçimaydi, insonning boşi qiyomatgaça uruşdan çiqmaydi. Barçamizni murosali, insonlar bilan kelişib yaşaydiganlardan qilsin...