Maʼlumotlar markazlari sunʼiy intellekt, bulutli xizmatlarni rivojlantiriş, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta işlaş va yuqori unumli hisoblaşlar uçun möljallangan. Davlat taşkilotlari, biznes va texnologiya kompaniyalari bunday infratuzilmani mustaqil ravişda yaratişga ehtiyoj sezmasdan, zamonaviy hisoblaş quvvatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.
Yangi obyektlar UzCloud milliy bulutli platformasining yagona konturida işlaydi. Bulutli xizmatlar portfeliga hisoblaş infratuzilmasi (IaaS), platforma yeçimlari (PaaS), dasturiy taʼminot (SaaS), maʼlumotlarni obyektli saqlaş (S3) va zaxiralaş (BaaS) xizmatlari kiradi. Mijozlar faqat amalda foydalangan quvvatlari uçun haq tölaydilar.

Alohida yönaliş – AI Cloud va GPU-as-a-Service xizmatlari doirasida sunʼiy intellekt uçun hisoblaş quvvatlarini taqdim etiş. Buxoro va Qöqondagi maʼlumotlar markazlari maxsus GPU serverlari bilan jihozlangan. Ular sunʼiy intellekt modellarini öqitiş va işga tuşiriş, maşinali örganiş, katta hajmdagi maʼlumotlar massivlarini tahlil qiliş, tasvirlarni aniqlaş, videolarni tahlil qiliş va raqamli egizaklarni yaratiş uçun zarur.
Yangi maʼlumotlar markazlari Toşkentdan 300 kilometrdan ortiq masofada joylaşgan bölib, mamlakat poytaxtidan eng uzoqda joylaşgan maʼlumotlar markazlariga aylandi. Hisoblaş quvvatlarini turli hududlarda joylaştiriş halokatga çidamlilikni taʼminlaydi: bir maydonda nosozlik yuz berganda, yuklama boşqasiga ötkaziladi.

Ikkala maʼlumotlar markazi loyihasi Uptime Institute tomonidan Tier III Design sertifikatlariga ega böldi. Sertifikatlaş loyiha yeçimlarining muhandislik tizimlarining işonçliligi va uzluksiz işlaşiga qöyiladigan jahon talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Maydonçalarda zaxira sovitiş va elektr taʼminoti tizimlari, şuningdek, qöşimça aloqa kanallari közda tutilgan bölib, uskunalarga xizmat körsatiş xizmatlar töxtatmasdan amalga oşiriladi.
Maʼlumotlar markazlari Uztelecom magistral tarmoğiga va TAS-IX milliy internet-trafik almaşiş nuqtasiga ulangan.
Uztelecom infratuzilmasi axborot xavfsizligini boşqariş böyiça xalqaro standart – ISO/IEC 27001 talablarini inobatga olgan holda rivojlanmoqda. Kompaniya maʼlumotlar markazlarining maʼlumotlarni himoya qiliş talablarini belgilovçi PCI DSS standartiga muvofiqligini tasdiqlaşni rejalaştirmoqda.

















