Nissan yangi ixcham Pixo elektromobilini taqdim etdi. Model Renault Twingo va ikkinchi avlod Dacia Spring bilan bir xil platformada qurilgan.

Yangi avtomobilning old va orqa qismida pikselli elementlar paydo boʻldi. Ammo yon tomondan qaraganda mashina deyarli toʻliq Renault Twingo modelini takrorlaydi.

2
Foto: Nissan Pixo

Elektromobilning uzunligi 3796 mm, burilish diametri esa 9,9 m. Gʻildirak bazasi - 2492 mm. Pixo modeli Twingo va Spring bilan bir xil platformaga asoslangan. Elektromobil sigʻimi 27,5 kVt·soat boʻlgan litiy-temir-fosfat batareyasi bilan jihozlangan. WLTP sikli boʻyicha yurish masofasi 259 km ni tashkil etadi. Uni 50 kVt gacha quvvatli oʻzgarmas tok bilan quvvatlash mumkin. Batareya taxminan 28 daqiqada 15 dan 80 foizgacha quvvat oladi.

Old gʻildiraklarni quvvati 80 ot kuchi va aylantiruvchi lahzasi 175 Nm boʻlgan elektromotor harakatga keltiradi. Turgan joyidan 100 km/soat tezlikka Pixo 12,1 soniyada erishadi.

Orqa oʻrindiqlar ortidagi yukxonaning hajmi 356 litrni tashkil etadi va mustaqil orqa oʻrindiqlar yigʻilganda bu hajm 1221 litrgacha oshadi.

4
Foto: Nissan Pixo

Pixo ichki koʻrinishi Twingo salonini deyarli takrorlaydi, ammo Nissan asosiy funksiyalarni boshqarish uchun jismoniy tugmalar va regulyatorlarni saqlab qolgan. Shu bilan birga, elektromobil zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Google Gemini ovozli yordamchisi va haydovchini aniqlash hamda shaxsiy sozlamalarni yuklash imkonini beruvchi Face ID yuzni aniqlash tizimiga ega boʻldi.

Pixo sotuvi Yevropada 2027-yil boshida boshlanadi. Kompaniya narxlarni 2026-yil dekabr oyida eʼlon qiladi. Asosiy versiyada elektromobilning narxi 20 ming yevrogacha boʻlishi mumkin (taxminan 270 mln soʻm).