2026-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanayotgan davlatlarida iqtisodiy ösiş 2025-yildagi 2,6 foizdan 2,2 foizgaça sekinlaşadi, bunga energiya narxlarining oşişi, geosiyosiy keskinlik va savdo hamkorlaridan kelayotgan talabning zaiflaşuvi sabab bölişi mumkin. Bu haqda Jahon bankining «Sunʼiy intellektni qanday işga soliş kerak: iş örinlari, kompaniyalar va unumdorlik» hisobotida keltirilgan.
Markaziy Osiyo eng tez ösuvçi submintaqa bölib qolmoqda. 2026-yilda uşbu hududda ösiş 5,8 foizni taşkil qilişi kutilmoqda. Bunda barqaror içki talab va transport hamda energetikaga yönaltirilgan davlat investitsiyalari hisobga olingan.
Özbekistonda real YAIM ösişi 2025-yilda 7,7 foizni taşkil etdi, 2026-yilda esa 7,9 foizgaça tezlaşişi kutilmoqda - bu mintaqadagi eng yuqori prognoz. Iqtisodiy yuksaliş barqaror içki talab, real iş haqining ösişi, bandlikning ortişi, pul ötkazmalarining köpayişi va davom etayotgan tarkibiy islohotlar bilan boğliq.
Xususan, 2026-yilning birinçi yarmida pul ötkazmalari hajmi 13 foizga oşib, rekord daraja - 9,2 milliard dollarga yetgan. Bunda barça ötkazmalarning 70 foizi Rossiyadan yuborilgan. Oltin hisobga olinmaganda eksport Xitoy va qöşni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdoning kengayişi tufayli qariyb 30 foizga oşgan.
Hisobotning sunʼiy intellektga bağişlangan maxsus bölimida taʼkidlanişiça, SI mintaqa uni özlaştirişga ulgurayotganidan tezroq tarqalyapti. Har beş işçidan biri, asosan yoş va yuqori maʼlumotlilar, SI sezilarli darajada taʼsir körsatadigan kasblarda işlaydi. Biroq hozirda faqatgina önta korxonadan biri uni oddiy vazifalarni bajariş uçun işlatmoqda.
Maʼlumot uçun, Jahon bankining aprel oyidagi hisobotida Özbekistondagi iqtisodiy ösiş 2026-yilda 6,4 foizni taşkil etişi keltirilgandi.
Jahon banki 2026-yildagi Özbekiston iqtisodiy ösiş prognozini 7,9 foizgaça oşirdi
17:37 / 08.10.20263 1162 min
Jahon banki joriy yil uçun Özbekiston iqtisodiyotining ösişini 6,4 foizdan 7,9 foizgaça oşirdi. Prognozning yaxşilanişi barqaror içki talab, real iş haqining ösişi, bandlikning ortişi, pul ötkazmalarining köpayişi va davom etayotgan tarkibiy islohotlar bilan boğlangan.













