Olimlar içki mexanizmni köriş uçun asalarilarni inson terisini taqlid qiluvçi şaffof gelga niş sançişga undagan. Yuqori kadr çastotasidagi mikrotasvirga oliş orqali niş içidagi mayda qismlar harakati kuzatilgan. Tadqiqot tafsilotlari The Conversation naşrida bayon qilingan.
Video va uç ölçamli skanerlaş niş içida ikkita mitti, egiluvçan klapan navbatma-navbat harakatlanişini körsatgan. Bir klapan pastga siljiganda paraşyut kabi oçilib, zaharni oldinga suradi. Yuqoriga qaytganda esa soyabon kabi yiğilib, ikkinçi klapan yonidan ötadi va yangi zahar porsiyasi uçun yöl oçadi.
Şu tarzda mexanizm ikki porşenli nasos kabi işlaydi. Klapanlarning muvofiq harakati zaharning bir maromda yuborilişini taʼminlaydi.
Asalari nişi terida qolib ketganda, unga tutaş zahar qopçasi va harakatlantiruvçi tuzilmalar ham tanadan ajralişi mumkin. Bu asalariga halokatli şikast yetkazsa-da, niş mexanizmi qisqa vaqt mustaqil işlaşda davom etadi.
Mexanizmni tekşiriş uçun tadqiqotçilar 3D-printerda uning kattalaştirilgan, işlaydigan nusxasini ham yaratgan. Bunda qattiq va egiluvçan polimer materiallardan foydalanilgan.
Mualliflar uşbu tuziliş kelajakda ixçam tibbiy mikronasoslar va dorini töqimalarga aniq yetkazib beruvçi qurilmalarni işlab çiqişga yordam berişi mumkinligini taʼkidlamoqda.












