Forum doirasida bank biznes uçun raqamli yeçimlarni taqdim etdi va zamonaviy moliya sanoatini rivojlantirişning asosiy yönalişlari — transçegaraviy tölovlardan tortib kriptoaktivlar va vençur ekotizimigaça bölgan yönalişlar böyiça öz tajribasi bilan örtoqlaşdi.
PLUS Forum Özbekistonda oltinçi marta ötkazilmoqda va 2600 dan ortiq iştirokçi, 130 dan ortiq ma’ruzaçi hamda 100 dan ortiq hamkor va homiylarni birlaştirdi. Platforma yana bir bor işbilarmonlik muloqoti, yangi hamkorliklar va moliya bozorining asosiy trendlarini muhokama qiliş markaziga aylandi.

“PLUS Forum — mintaqadagi moliya va texnologiya bozorlari oçiq professional muloqot uçun töplanadigan sanoqli tadbirlardan biri va biz uni boş homiy sifatida qöllab-quvvatlaşdan mamnunmiz”, — deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
Octobank stendi forumning asosiy manzillaridan biriga aylanib, işbilarmonlik uçraşuvlari, networking va bankning raqamli yeçimlari taqdimoti uçun muhim makon vazifasini ötadi. Jamoa yuridik şaxslar uçun 21 foizdan boşlanadigan Octo-Avto, Octo-Invest va Octo-Aylanma kredit liniyalarini, şuningdek, transçegaraviy tölovlar va ekvayring sohasidagi yeçimlarni taqdim etdi. Aynan şu yönalişlar bugungi kunda xalqaro hisob-kitoblar va biznes uçun raqamli xizmatlarni rivojlantirişda asosiy yönalişlardan biri hisoblanadi.
Octobank ESG kun tartibiga alohida e’tibor qaratdi. Bank bitta körgazma stendidan uçinçi marta foydalanib, resurslar sarfini kamaytirdi va barqaror rivojlaniş tamoyillarini qöllab-quvvatladi.

“Resurslardan oqilona foydalaniş strategiyasi Octobank tomonidan izçil amalga oşirilayotgan ESG dasturiga kiritilgan. Stenddan qayta foydalaniş tufayli bank xarajatlarini sezilarli darajada — örtaça 300 million sömga yaqin optimallaştirdi. Barça tejalgan mablağlar Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qöllab-quvvatlaşga yönaltirildi”, — dedi Octobank PR va marketing boşqarma boşliği Muhammad Alinazarov.
Forum doirasida Octobank mahalliy va xalqaro sanoat vakillari iştirokida biznes nonuşta ötkazdi. Moderator sifatida bank sohasining mustaqil eksperti Aleksey Maslov iştirok etdi. Iştirokçilar raqamli xizmatlarni rivojlantiriş, mijozlar tajribasi va moliyaviy mahsulotlarni özgartiriş masalalarini muhokama qildilar.
Octobank boşqaruvi raisi örinbosari Anton Borozdin kripto-aktivlarni rivojlantiriş va ularning zamonaviy moliyaviy xizmatlardagi örni böyiça yondaşuvni taqdim etdi. Raqamli vositalar va muqobil tölov yeçimlarining bozor va transçegaraviy hisob-kitoblarga ta’siri körib çiqildi.


















