"Octobank" AJ nufuzli Global Banking & Finance Awards 2026 mukofoti sovrindori böldi va mintaqada bank faoliyatining ikkita strategik yönalişi böyiça xalqaro e’tirofga sazovor bölgan kam sonli banklar qatoriga kirdi.

Mukofotlaş natijalariga köra, bank quyidagi nominatsiyalar böyiça ğolib böldi:

* Best Digital Bank Uzbekistan 2026 — «Özbekistonning 2026 yildagi eng yaxşi raqamli banki»;

* Best Bank for Treasury Activities Uzbekistan 2026 — «2026 yilda ğaznaçilik operatsiyalari böyiça Özbekistonning eng yaxşi banki».

"Best Digital Bank Uzbekistan 2026" mukofoti bankning raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş va mijozlar uçun xalqaro imkoniyatlarni kengaytiriş borasidagi faoliyatini e’tirof etadi.

Asosiy yönalişlardan biri xorijda işlayotgan, öqiyotgan va biznes yuritayotgan Özbekiston fuqarolari uçun transçegaraviy tölov xizmatlarini rivojlantiriş böldi. 2025-2026 yillarda Octobank Qozoğistonning eng yirik fintech ilovasi Kaspi.kz va Janubiy Koreyaning E9pay tölov platformasi orqali Özbekistonga töğridan-töğri pul ötkazmalarini işga tuşirdi, bu esa xalqaro ötkazmalarni yanada tezroq, qulayroq va hamyonbop qildi.

Şu bilan birga, bank Octo-Mobile raqamli platformasini rivojlantirişni davom ettirdi. Foydalanuvçilarga JETT platformasi orqali investitsiya imkoniyatlari, Alipay+ asosidagi xalqaro tölov xizmatlari, şuningdek, MyID Palm kafti bilan biometrik tölov qilişning innovatsion texnologiyasi taqdim etildi. Bugungi kunda Octobank mijozlar bazasi 3,6 milliondan ortiq.

Ikkinçi mukofot - "Best Bank for Treasury Activities Uzbekistan 2026" - bankning ğaznaçilik infratuzilmasini rivojlantirişdagi yutuqlarini ta’kidlaydi. Sönggi yillarda Octobank öz vakillik tarmoğini kengaytirdi va Money Market, FX Market, Interbank Deposit Market, Derivatives Market va Custody Market moliya bozorlarida ğaznaçilik vositalari bilan işlaş tizimini yaratdi, bu esa mijozlarga Bloomberg va Refinitiv platformalari orqali Şimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Şarq va ASEAN mamlakatlari moliya bozorlariga töğridan-töğri kirişni ta’minladi.

Bank, şuningdek, Hindiston, Singapur, Janubiy Koreya va AQŞ bilan xalqaro hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantirmoqda. Vakillik tarmoğining kengayişi xalqaro hisob-kitoblar tezligini oşiriş, tranzaksiya xarajatlarini kamaytiriş va taşqi iqtisodiy faoliyat bilan şuğullanuvçi mijozlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş imkonini beradi.