Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard öz lavozimini muddatidan oldin tark etmoqda. Bank matbuot xizmatining xabar berişiça, Lagard 2027-yil 7-fevral kuni isteʼfoga çiqadi. Lagard bu haqda YEMB Boşqaruv kengaşi va Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koştaga maʼlum qilgan.
Reuters agentligining eslatişiça, Kristin Lagardning vakolat muddati 2027-yil oktabr oyida tugaşi kerak edi.
Lagardning ketişi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mersga 2027-yil aprelda Fransiyada bölib ötadigan saylovlarga qadar yangi rahbar tayinlaş masalasini hal qiliş imkonini beradi, deb yozadi dpa agentligi. Uning muddatidan oldin ketişi mumkinligi haqida ançadan beri maʼlum edi. Marin Le Pen boşçiligidagi öng populistlar Fransiyadagi saylovlarda ğalaba qozonişi, bu esa YeMBning yangi rahbariyatini tayinlaşni qiyinlaştirişi mumkin, deya aniqlik kiritadi agentlik.
Avvalroq DW Lagardning muddatidan oldin isteʼfoga çiqişidan közlangan maqsad YEMB rahbari lavozimiga Yevropa tarafdori bölgan möʼtadil qaraşlarga ega nomzod saylanişini taʼminlaş bölişi mumkinligini qayd etgandi.
Şu bilan birga, hatto ixtiyoriy ravişda muddatidan oldin lavozimni tark etiş ham YEMB mustaqilligi borasida xavotirlar uyğotişi mumkin, deb taʼkidlagan ekspertlar. Bank siyosiy aralaşuvlarsiz faoliyat yuritişi kerak, uning vakolatlari esa Yevropa Ittifoqini taşkil etiş töğrisidagi şartnomalar bilan himoyalangan narxlar barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan. Tahlilçilar yaqin istiqbolda bankning pul-kredit siyosati özgarişsiz qolişini kutmoqda.
Reuters agentligining yozişiça, Lagard Jahon iqtisodiy forumiga işga ötişi mumkin. Yevropa kengaşi raisi Koşta Lagardning örniga nomzodni aniqlaş jarayoni 29-oktabr kuniyoq boşlanişini maʼlum qildi.

















