Denverda (Kolorado ştati) United Airlines aviakompaniyasi samolyoti dvigatellardan biriga yovvoyi quyon kirib qolişi tufayli favqulodda qönişni amalga oşirdi, deb xabar beradi ABC News telekanali.

Qayd etilişiça, Denver—Edmonton reysini amalga oşirayotgan havo kemasi bortida 153 nafar yölovçi va olti nafar ekipaj a’zosi bölgan.

Boeing 737-800 havoga kötarilganidan köp ötmay samolyot dvigatellardan biri yonib ketgan, natijada ekipaj aeroportga qaytiş qarorini qabul qilgan.

Aniqlanişiça, yonğinga dvigatel tortib yuborgan quyon sabab bölgan. United Airlines’ning ma’lum qilişiça, samolyot «yovvoyi hayvonlarning ehtimoliy hujumi» muammosini hal etiş uçun Denverga qaytarilgan. Ta’kidlanişiça, yölovçilardan heç kimga zarar yetmagan, ular Edmontonga boşqa reys bilan yuborilgan.

AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi holat yuzasidan tergov boşlagan. Idoraning aniqlik kiritişiça, mazkur voqea quyonlarning turbinaga kirib ketişi bilan boğliq törtinçi holatdir.

Bundan oldin xalqaro reysni amalga oşirayotgan United Airlines samolyoti uçuvçi pasportini unutib qoldirgani sabab ortga qaytişga majbur bölgandi. Uşbu xatolik sabab aviakompaniya uç soatga yetadigan yonilğini ortiqça sarflagan va ikkita ekipaj xodimlariga qöşimça haq tölaşga töğri kelgan.