United Airlines aviakompaniyasi özining ba’zi içki reyslarida Starlink sun’iy yöldoş internetidan foydalanişni vaqtinça töxtatib qöydi, deb xabar beradi PSMag.

Qayd etilişiça, bunga Starlink terminallari va uçuvçilarning aviadispetçerlar bilan aloqasini ta’minlaydigan bort antennalaridan bir vaqtda foydalanganda yuzaga kelayotgan statik xalaqitlar sabab bölmoqda.

May oyida United Airlines reklama kampaniyasi doirasida Starlink’dan bepul foydalanişni taklif qilişni boşlagandi — şu orqali u yölovçilarga SpaceX’ning sun’iy yöldoş internetini taqdim etayotgan kam sonli aviakompaniyalardan biriga aylangan edi. Uşbu xizmatni taqdim etiş boşlangan vaqtida u tez va barqaror işlagan, kompaniya bölsa 2025 yil oxiriga qadar özining barça aviaparkini Starlink bilan jihozlaş rejasini ma’lum qilgan.

Hozirda servis taxminan 20 ta Embraer E175 samolyotlarida töxtatib qöyilgan. Aviataşuvçi muammo havo kemasining kommunikatsiya uskunalari va Starlink terminallarini parallel ravişda foydalanişda yuzaga kelayotgan xalaqitlar bilan boğliqligini tasdiqlagan. Kompaniya uşbu nosozlik parvozlar xavfsizligi uçun tahdid uyğotmasligini qayd etdi.

Uşbu vaziyat tufayli reyslarni bekor qiliş rejalaştirilmagan. Buning örniga har bir samolyot rejali texnik xizmat körsatişdan ötadi. «Yaqin vaqt içida uşbu havo kemalarida servis tiklanişini kutyapmiz», — deyiladi United Airlines xabarida.