18 Fevral

“Manzil” loyihasi oxirgi ko‘rsatuvlarida asosan tabiat qo‘ynida yashayotgan jonivorlar haqida hikoya qilib keldi. Bu gal esa ularni juda-juda yaqindan: hayvonot bog‘ida turib tomosha qilamiz.

Qor bir necha soat davom etishi kutilmoqda.

YTH oqibatida Lacetti hamda Cobalt haydovchisi va yana 1 nafar yo‘lovchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

16 Fevral

To‘lamagan jarimalari miqdori 55,5 mln so‘mga yetgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan.  

15 Fevral

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Toshkent shahrida 6 yoshli o‘g‘lini 3 ming dollarga hamda Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

13 Fevral

Poytaxt havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori soat 14:10 holatiga 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu “o‘ta zararli” hisoblanadi va JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

​​​​​​​O‘zbekiston shaharlari, xususan, Toshkent piyodalarni “xush ko‘rmaydi”. Poytaxt odamlarga moslashtirilmagan, asosiy prioritet hanuz avtomobillar bo‘lib qolmoqda. Buni ko‘chalardagi infratuzilmalarning holatidan ham bilish mumkin. Shaharsoz Iskandar Soliyev shu kabi muammolar yaqqol ko‘ringan hududlardan rasmlar ulashib, aholidan #Shaharpiyodalarniki heshtegi ostida birlashishni so‘ramoqda.

12 Fevral

Jamiyat mansabdorlari til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.

10 Fevral

Xalqaro aeroport kengayishi munosabati bilan transport vositalarining kirishi hamda yo‘lovchilarni tushirish va olish uchun alohida yo‘lak qilindi. Bu yo‘laklardan foydalanish bepul, ammo transport vositalari 10 daqiqadan uzoq qolishi mumkin emas. Avvalroq aeroportning estakada qismi binoning bir qismiga aylantirilishi ma’lum qilingandi.

9 Fevral

Toshkent shahar Sergeli-8a mavzesidagi yerosti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Farhod Dehqonov poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar to‘xtamayotgani ortidan bir oyga ishdan chetlashtirib, boshqarmaning ayrim vakolatlari vazirlikka o‘tkazilgandi.

Yunusobod tumanidagi sobiq «Poytaxt» biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi.

Ko`proq yangiliklar
Top