Şaharsoz Iskandar Soliyev özining Telegram-kanalida yozişiça, şaharlarda piyodalarning uzluksiz harakati juda çeklangan va ayançli ahvolda. Buni u olgan suratlarda ham köriş mumkin.

Unda Toşkent şahri infratuzilmasidagi qöpol xatoliklar, jumladan, piyodalar trotuari yölning oxirigaça bormay tugab qolgani, ayrim toifa insonlarning aravaça bilan harakatlanişi uçun şaroit yöqligi yoki panduslar notöğri qurilgani körsatilgan.

Soliyevning Kun.uz muxbiriga ta’kidlaşiça, bugungi şahar infratuzilmasiga munosabat juda yomon, odamlarning özi muammoni bartaraf etiş mumkinligiga işonişmaydi.

“Barçamiz har kuni piyoda yurarkanmiz, uy eşigidan çiqişda yoki köçalarda, albatta, tösiqlarga duç kelamiz. Aslida esa bunday bölişi kerak emas. Piyodalar harakati şaharlarda tösiqsiz bölişi lozim. Lekin bugun men aytayotgan narsalar odamlarga yot. Ular şunçalik bu muhitga könikişganki, hattoki vaziyatni özgartiriş mumkinligini tasavvur qilişlari ham qiyin.

Şuning uçun muammoga barçaning e’tiborini qaratmoqçiman. Taşabbusning maqsadi şu, ya’ni köçadagi noqulay yöl infratuzilmaviy holatlarini suratga olib, barça platformalarda #şaharodamlarniki heştegi orqali ulaşiş.

Işonamanki, agarda odamlarga yetkaza olsak, piyoda harakati tösiqsiz bölişini va bunday özgarişlar bugungi kunda real qilsa böladigan narsaligini körsata olamiz. Fikrimça, bu şaharni qulay qilişga oz bölsa-da öz hissasini qöşadi. Har holda prezidentimiz ham şahar piyodalarniki bölişi kerakligini ta’kidlamoqda”,– deydi u.

Tahririyat ham bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşini, muştariylaridan heştegga qöşilişlarini sörab qoladi. #Şaharpiyodalarniki.

Eslatib ötamiz, 29 yanvar kuni prezident boşçiligida ötgan selektorda Şavkat Mirziyoyev şahar piyodalar uçun bölişi, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilişi, avtomobillar esa haşamatga aylanişi kerakligini