Xalqaro bolalar kuni dunyoda turliça sanalarda nişonlanadi. Aksariyat ğarb mamlakatlarida bu kun 20 noyabrga töğri kelsa, barça possovet hamda ba’zi dunyo davlatlarida 1 iyun Xalqaro bolalar kuni sifatida bayram qilinadi. Ma’lumotlarga köra, ayni vaqtda 145 dan ortiq davlat bu kunni bayram qiladi, aynan 1 iyunni nişonlovçi davlatlar soni 49 tani taşkil qiladi.

Bu kunda jamiki bolalarning haq-huquqlarini himoya qiliş, ularning farovonligini ta’minlaş masalalari kötariladi, muammolarga bağişlab tadbirlar ötkaziladi, bolalar iştirokida köngiloçar şoular uyuştiriladi.

Kunning qisqaça tarixi

Dunyo mamlakatlarining Xalqaro bolalar kunini nişonlaş taklifi berilişi bir neçta sanalar bilan boğlanadi. Ba’zi manbalarda bu sana 1920 yil Turkiyada paydo bölgani haqida ma’lumot keltirilsa, yana ba’zilarida 1950 yilda boşlangani aytiladi.

Lekin axborotlarning deyarli barçasida 1 iyun 1954 yilda BMT rezolyutsiyasi bilan bolalar huquqlarini himoya qiliş, mehnatiga çek qöyiş va ta’lim oliş imkoniyatini kafolatlaş maqsadida “Xalqaro bolalar kuni” sifatida ta’sis etilgani qayd etiladi.

Umumjahon bolalarni himoya qiliş jamiyati sana haqida gapirar ekan, bolalarga nisbatan qaraş, munosabatni özgartiriş hamda bolalar farovonligini oşiriş zarurligini aytadi. Ya’ni “bola – inson, uning huquqlari – asosiy inson huquqlaridir. U xuddi şunday munosabatda bölişga haqli va maxsus kunda şu masalalar eslanişi lozim”.

“Insoniyat eng yaxşisini bolalarga berişga majbur”

1925 yilda bolalar farovonligi böyiça ötkazilgan butunjahon konferensiyasida 1 iyun “Dunyo e’tiborini bolalar bilan boğliq muammolarga qaratiş” kuni deb e’lon qilingan. Unda qatnaşgan mamlakatlar “insoniyat eng yaxşisini bolalarga berişga majbur” ekanini anglab yetgan. Şu sabab konferensiyada “Bola huquqlari böyiça Jyeneva deklaratsiyasi” qabul qilingan. Hujjatga köra, 5 ta ustuvor vazifalar ilgari surilgan.

Ya’ni:

1. Bolaga moddiy va ma’naviy jihatdan normal rivojlanişi uçun zarur bölgan vositalar berilişi;

2. Oç qolgan bola ovqatlantirilişi, kasali davolanişi, qoloğiga yordam berilişi, huquqbuzari önglanişi, yetim va gödak bölgani esa boşpana va yordam berilişi kerak;